Hamas otashkesim ehtimoli va mahbuslar almashinuvi kelishuviga oid muzokaralarining bir qismi sifatida o‘rtamchilar tomonidan taqdim etilgan va G‘azodagi Isroil harbiy nazoratini ko‘rsatgan yangi xaritalarni o‘rganib chiqmoqda.
Qatardagi muzokara ishtirokchilariga yaqin manbaning qayd etishicha Falastin qarshilik harakati Hamas, o‘rtamchi mamlakatlardan, G‘azoda haligacha Isroil nazoratida bo‘lgan hududlarni ko‘rsatuvchi yangilangan xaritalarni oldi. Bu hududlar orasida shimoldagi Bayt Hanunning yirik qismi, Rafohning yarmi, janubdagi Xon Yunusning Huzaa va Abasan mahallalari bilan G‘azo shahrining Shujaiya hududining keng qismi o‘rin olgan.
Nomi tilga olingan manba «Anado‘lu» (Andolu) axborot agentligiga bergan intervyuda esa, Hamas xaritalarni baholash uchun o‘z ichida maslahatlashib, shu doirada boshqa falastinlik guruhlar bilan uchrashuvlar o‘tkazayotganini bildirdi. Hamas tomonidan rad etilgan oldingi xaritalarda Isroilning Bayt Hanun, Bayt Lahiya, Rafohning butun qismi, Xon Yunusning keng hududlari va chegaralari ustida to‘liq harbiy nazoratini saqlab qolgani kuzatilgan edi.
Hamas, yanvar oyida kelishilgan chekinish chiziqlariga qaytish masalasida qarorli. Chunki unda Isroilning kamida 390, eng ko‘p 1.100 metrgacha (1.280 dan 3.609 futgacha) chekinishi talab qilingan. So‘nggi voqealardan keyin Isroil ommaviy axborot vositalari biroz oldinga siljish ehtimoli borligidan umidvor ekanini bildirdi.
«Yediot Ahronot» gazetasi muzokaralarga yaqin manbalarga tayanib, ikki hafta ichida kelishuvga erishish mumkinligiga doir umid borligiga e’tibor qaratdi. Biroq xabarda Hamasning har bir isroillik mahbus evaziga ozod etiladigan falastinlik mahbuslar soni masalasida ikkilanayotgani aytildi.
Ayniqsa Qatarning tomonlar orasidagi farqlarni kamaytirishda muhim rol o‘ynayotgani ta’kidlanmoqda. Biroq Isroil davlat teleradiokompaniyasi KANga ko‘ra Hamas hali so‘nggi taklifga javob bermadi. Isroil rasmiylaridan biri, «Biz murosa qilishga urindik ammo Hamas javob bermayapti», - degani bildirildi.
KANga intervyu bergan va kim ekani yashirin tutilishini istagan arab o‘rtamchi davlat vakili, Isroil kuchlari joylashishi bilan bog‘liq kelishmovchiliklarning ko‘pchiligi hal qilingani, hal qilinmagan yana ozgina muammo borligini ifoda etgan.
Xuddi shu diplomat, so‘nggi ikki kun ichida Dohada bo‘lib o‘tgan muzokaralarda isroillik mahbuslar evaziga ozod qilinadigan falastinlik mahbuslarining soni va kimliklariga e’tibor qaratilganini ma’lum qildi. Diplomat, AQSh Prezidenti Donald Tramp bilan Qatar Bosh vaziri Muhammad bin Abdurrahmon al - Soniy o‘rtasida bo‘lib o‘tgan so‘nggi uchrashuv, muzokaralarni davom ettirish uchun kritik burilish nuqtasi ekanini ifoda etdi.
Trampning Vashingtonning shu vaqtgacha qayd etilgan yutuqlardan mamnun ekanini yetkazgani bildirdi.
60 kunlik otashkesim
Tramp avvalroq Qatar bilan Misrning Hamasga bergan taklifi yordamida, Isroil, G‘azoda 60 kunlik otashkesim uchun kerakli shartlarni qabul qilgani haqida gapirgandi. Nomi tiliga olingan taklif ko‘rib chiqilishi uchun Hamasga topshirildi. Hamas bunga ijobiy javob berib, otashkesimni yo‘lga qo‘yish hamda mahbuslarni almashish uchun muzokaralarga tayyor ekanini bildirdi.
Ammo Isroil hukumati avvalom bor Hamasning Qatar taklifiga kiritgan o‘zgartirishlarni qabul qilishlari imkonsiz ekanini iddao etdi. Shunga qaramay hay’ati muzokara uchun Dohaga ketdi.
Dohadagi muzokaralarda kelishmovchilik davom etgani aytilmoqda ammo Isroil Rafoh va Xon Yunusni bir – biridan ajratgan Morog yo‘lagini bosib olish hamda Rafohdagi o‘rnini saqlab qolishda haligacha oyoq tiramoqda.