TURKIYA
2 daqiqa o'qish
Erdo‘g‘an Kipr tinchligi uchun jon bergan shahidlarni yodga oldi
Prezident Erdo‘g‘an Kipr turklarini himoya qilish uchun 1974 – yili amalga oshirilgan harbiy harakatni yod etib, Shimoliy Kipr Turk Respublikasini Tinchlik va ozodlik bayrami bilan tabrikldi.
Erdo‘g‘an Kipr tinchligi uchun jon bergan shahidlarni yodga oldi
9 соат олдин

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an bugun Shimoliy Kipr Turk Respublikasini Tinchlik va ozodlik bayrami bilan tabriklab, Kipr Tinchlik harakatining 51 – yilligini yod etdi.

Erdo‘g‘an, Kipr orolini Gretsiyaga qo‘shib olishni ko‘zlagan Kipr greklarining davlat to‘ntarishiga javoban Turkiya tomonidan boshlatilgan harbiy amaliyotni yod etish uchun ShKTRga tashrif uyushtirmoqda.

Kipr turklariga bo‘lgan murojaatida Erdo‘g‘an:

«Kipr turk xalqining 20 - iyul Tinchlik va ozodlik bayramini chin dildan tabriklayman. Kipr tinchligi uchun amalga oshirilgan harbiy harakatning 51 – yilligida, mazkur harbiy harakatda jon bergan shahidlarimizni rahmat ila yod etib, qahramon g‘oziylarimizga chuqur minnatdorchilik bildiraman», - degan ifodalarga o‘rin berdi.

On yillab davom etgan muammo

Kipr orolida Birlashgan Millatlar Tashkilotining turli yechim topish sa’y - harakatlariga qaramay greklar bilan turklar o‘rtasidagi muammo o‘nlab yillardan beri davom etmoqda.

Turklar 1960 - yillarning boshlarida boshlangan etnik hujumlar natijasida xavfsiz hududlarga chekinishga majbur bo‘ldilar.

Orolni Gretsiyaga qo‘shib olishni kozlagan greklar tomonidan 1974 – yili uyushtirilgan to‘ntarishga javoban, Turkiya, kafil davlat sifatida Kipr turklarini zulm va shiddatdan himoya qilishga kirishdi. Shu doirada harbiy amaliyot boshlatdi. Natijada, 1983 - yili Shimoliy Kipr Turk Respublikasi tashkil topdi.

So‘nggi yillarda Turkiya, Gretsiya va Buyuk Britaniya kabi kafil davlatlar kuzatuvida 2017 – yili Shvyetsariyada muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlangan muzokaralar ham doxil tinchlik jarayoni vaqti – vaqti bilan takror kun tartibiga olib chiqilmoqda.

Kiprning grek qismi 2004 - yili Yevropa ittifoqiga a’zo bo‘ldi. Xuddi o‘sha yili greklar uzoq davom etgan nizoni tugatishga qaratilgan BMT rejasini bir tomonlama rad etdi.

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us