19 июл 2025
Neft konlari xizmatlarini ko'rsatuvchi Baker Hughes kompaniyasi haftalik ma'lumotlarini e'lon qildi.
Shunga ko‘ra, 12-18 iyul kunlari mamlakatdagi neft platformalari soni o‘tgan haftaga nisbatan ikkitaga kamaygan va 422 taga tushgan.
Oxirgi yilda AQShdagi neft platformalari soni 55 taga kamaydi.
Payshanba kuni 68,89 dollardan yopilgan Brent markali neftning bir barrel narxi juma kuni 68,60 dollarni tashkil qildi.
West Texas Intermediate (WTI) neftining bir barreli narxi juma kuni 66 dollarni tashkil qildi. Payshanba kuni WTI neftining bir barreli 66,31 dollardan yopildi.