Shifoxona manbalaridan olingan ma'lumotlarga ko'ra, Isroil qo'shini erta tongda janubiy Xon Yunis hududida ko'chirilgan tinch aholi boshpana olayotgan chodirlar va uyni nishonga oldi.
Ko'plab tinch aholi yashaydigan uyga uyushtirilgan hujumda kamida 5 kishi halok bo'ldi, 10 kishi yaralandi. Uy vayronalari ostida odamlar qolgani aytilgan.
Isroilning uchuvchisiz uchish apparati (PUA)ning Xan-Yunis shahri g‘arbida joylashgan chodirlarni nishonga olgan hujumi oqibatida bir ayol va uning bolasi halok bo‘ldi, kamida to‘qqiz kishi jarohatlandi.
Isroilning G‘azo sektori janubidagi al-Mavasi hududida ko‘chirilganlar boshpana olayotgan chodirlarga uyushtirgan hujumlarida 5 kishi halok bo‘ldi, 15 kishi yaralandi.
Xabar qilinishicha, Isroil G‘azo sektori shimolidagi Jibaliya hududidagi uyni bombardimon qilishi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘lgan va ko‘plab odamlar yaralangan.
Isroil armiyasi G‘azo sektorining ko‘plab hududlarini havodan va quruqlikdan hujumlar bilan nishonga olishda davom etmoqda.