DUNYO
1 daqiqa o'qish
Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Prezidenti Tatar Muzokara jarayoni haqida bayonot berdi
Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Prezidenti Ersin Tatar, AQShning Nyu-York shahrida bo'lib o'tgan yig'ilishda Kipr masalasiga doir ovozlarini eshittirganliklarini bildirib, "Suveren tengligimiz qabul qilinmaguncha muzokara jarayoni boshlanmaydi" dedi.
Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Prezidenti Tatar Muzokara jarayoni haqida bayonot berdi
Greek Cypriot leader Nikos Christodoulides and Turkish Cypriot leader Ersin Tatar met through UN mediation in Nicosia in May. (Philippos Christou) / AP
бир кун олдин

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh kotibi Antonio Guterres mezbonlik qilgan Nyu-Yorkdagi Kipr mavzusidagi 5+1 uchrashuviga qatnashgan Shimoliy Kipr Turk Respublikasi (KKTC) Prezidenti Ersin Tatar Shimoliy Kipr Turk Respublikasiga qaytishi ortidan Erjan aeroportida matbuot anjumani uyushtirdi.

Tatar, 5+1 uchrashuvida ikki tomonning Kiprdagi hamkorlik masalalari mushtarak fikrga kelgunga qadar baholanganligini bildirdi.

Uchrashuvlarda muhokama qilinadigan 6 hamkorlik mavzusidan ikkitasida kelishuvga erishilganligini qayd etgan Tatar, kelishilgan mavzularning “Energiya sohasida hamkorlik” va “Chegarada yangi eshiklar ochish” ekanligini bildirdi. Kipr turk tomoni diplomatiyadan hech qachon chetga chiqmagan”.

Tatar, Kipr Turklarning embargo va izolyatsiya ostida inson huquqlari poymol qilinib qurbon bo'layotganiga diqqat qaratdi va Nyu-York yig'ilishida Kipr Rum boshqaruvining (GCASC) ShKTRda mulk sotib olganlarni hibsga olish va ta'qib qilish masalasini ko'targanini izohladi.

Tatar, Guterresning Kipr Turk xalqining nozikliklarini juda yaxshi tushunganini va shunga mos ravishda adolatli yondashuvni qo'llash orqali ularga yaqinlik ko'rsatganini bildirdi va buning uchun Guterreshga minnatdorchilik bildirdi.

Kipr Turk tomonining diplomatiyadan hech qachon chetga chiqmaganini ta'kidlagan Tatar, uchrashuvda ovozlarini eshittirganliklarini ta'kidladi.

Tatar, "Suveren tengligimiz tan olinmasdan muzokara jarayoni boshlanmaydi. Bu chuqur ildiz otgan siyosat. Biz teng huquqli xalqaro maqomimiz tasdiqlanmay turib muzokaralar boshlanmasligini qayta-qayta tushuntirdik" dedi.

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us