Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an AQSh Prezidenti Donald Trampning Isroil-Eron mojarosini tugatish bo‘yicha so‘nggi bayonotlarini olqishlab, butun mintaqani olov girdobiga soladigan falokatni oldini olish uchun zudlik bilan chora ko‘rish zarurligini ta’kidladi.
Ikki yetakchi Isroil-Eron mojarosi, ikki tomonlama aloqalar va mintaqaviy masalalarni telefon orqali muhokama qilishdi, deb xabar berdi Turkiya Aloqa Direksiyasi yakshanba kuni X platformasida.
Erdo‘g‘an Eronning yadroviy dasturi masalasini hal qilishning yagona maqbul yo‘li diplomatiya ekanligini yana bir bor ta’kidladi va Anqara bu borada, jumladan, vositachilik qilishga tayyor ekanligini bildirdi.
Turkiya prezidenti Isroilning Eron ustiga qilgan hujumlari “ikkala tomon uchun ham qaytarib bo‘lmaydigan iqtisodiy va fuqarolik zarariga” olib kelganini aytib, bu xavfli yo‘lni to‘xtatish zarurligini ta’kidladi.
Donald Tramp yakshanba kuni Truth Social platformasida “Eron va Isroil kelishuvga erishishi kerak va bu amalga oshadi”, deb yozdi va tinchlikka erishish uchun ko‘plab qo‘ng‘iroqlar va uchrashuvlar o‘tkazilayotganini bildirdi.
‘Zudlik bilan chora’
Eron va Isroil o‘rtasidagi mojaro juma kuni ertalab Isroilning Eronning harbiy va yadroviy obyektlariga zarba berishi bilan boshlandi, natijada ko‘plab yuqori martabali qo‘mondonlar va olimlar halok bo‘ldi.
Isroil hujumlarni davom ettirdi, Eron esa javob zarbalarini amalga oshirdi.
Tramp va Erdo‘g‘an shanba kuni ham telefon orqali suhbatlashishdi.
Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an AQSh Prezidenti Donald Tramp bilan bo‘lgan suhbatda Eron-Isroil mojarosining Yaqin Sharqni qamrab olmasligi uchun “zudlik bilan chora” ko‘rish zarurligini ta’kidladi.