TURKIYA
3 daqiqa o'qish
Turkiyada Ataturkni xotirlash, yoshlar va sport bayrami keng nishonlandi
Mustafa Kemal Ataturk 1919 – yilning 19 – mayi kuni, 4 yildan keyin Turkiya Respublikasiga asos solinishiga imkon beruvchi urushni boshlatish uchun Istanbuldan Samsunga yetib bordi.
Turkiyada Ataturkni xotirlash, yoshlar va sport bayrami keng nishonlandi
19 май 2025

Turkiyada bugun «19 - may Ataturkni xotirlash, yoshlar va sport bayrami» nishonlandi. Shu doirada 1919 - yilning 19 - mayi kuni Mustafa Kemal Ataturkning Istanbuldan Samsun shahriga borib, Ozodlik kurashini boshlatishining 106 - yilligi munosabati bilan Turkiyaning to‘rt burchagida turli tadbirlar tashkil etildi.

Bugun ertalab, mamlakat boylab insonlar buyuk liderga hurmat bajo keltirish uchun yigildilar. Prezident Rejep Tayyip Erdogan, bu tarixiy kunda yoshlarni qollab - quvvatlashning ahamiyatini ta’kidladi.

Erdogan Turkiyaning yoshlarga ilm - fandan san’atga, sportdan qishloq xojaligiga, diplomatiyadan yadro texnologiyalarigacha bo‘lgan har bir sohada oz salohiyatlarini kashf eta olishlari uchun imkon bergani va ular bilan yelkama – yelka yurishni davom etishini ifoda etdi.

Poytaxt Anqarada minglab inson, Mustafa Kemal Ataturkning qabri o‘rin olgan Anitqabrni ziyorat qildi.

Marosim bir daqiqalik sukut saqlash va milliy madhiyaning o‘qilishi bilan boshlandi. Yoshlar va sport vaziri Osman Ashkin Bak rahbarligidagi bir hay’at, marosimga, mamlakatning tort burchagidan kelgan yosh vakillar bilan birgalikda ishtirok etdi.

O‘sman Ashkin Bak, Anitqabr maxsus daftarchasiga quyidagi sozlarni yozib qoldirdi:

«106 - yil oldin Samsunda siz yoqqan Istiqlol mash’alasi bugun bu zaminda birlik, tinchlik va umid bolib yashab kelmoqda».

Mamlakat kelajagini shakllantirish

Ataturk 1919 - yilning 16 - mayi kuni Bandirma kemasi orqali Istanbuldan yolga chiqdi. Roppa – rosa 3 kun otib, 19 - may kuni Samsundagi Dil (Reji) dokiga yetib bordi. Bu sana, Turk Ozodlik kurushining boshlanishi sifatida qabul qilinadi.

Osha davrda Istanbul ishg‘ol va bosim ostida ekan Osmonli hukumati uni O‘smonli armiyasi tekshiruvchisi sifatida tayin qilgandi.

Ammo Ataturk rasmiy vazifasiga boglanib qolish o‘rniga chet el bosqinini to‘xtatish va Anadolu kelajagini qayta shakllantirish uchun milliy harakat boshlatdi.

Bu harakat, oxir - oqibat 1923 - yili Turkiya Respublikasining tashkil topishi bilan natijalangan 4 yillik urushga olib keldi.

Ataturk 1938 – yili, «19 - may Yoshlar va sport bayrami» deb e’lon qildi va bu orqali yoshlarning mamlakat kelajagini shakllantirishdagi rolining ahamiyatini ta’kidladi.

Bugun, mamlakatning to‘rt burchagida uyushtirilgan yoki tashkil etilgan marosimlar xuddi shu ahamiyatni aks ettirmoqda.

Samsun shahrida Turkiyaning «TCG Anadolu» harbiy kemasi mamlakatning har bir viloyatdan kelgan 81 nafar yosh vakil bilan harbiy maktab oquvchilarini o‘z ichiga olib, ramziy ravishda asl sayohatni qayta jonlantirdi.

Bandirma kemasi muzeyi, asl kemaning nusxasi va Ataturkning quruqlikka chiqqan vaqtni korsatuvchi 08:00 da toxtab qolgan soatni namoyish etib, kopchilik e’tiborini jalb etdilar.

Kapadokiyada esa Turk bayroqlari va Ataturk rasmlari bilan bezalgan issiq sharlar havoga kotarildi.

Tekirdagda esa, motosiklchilar xotira safarida ishtirok etdilar. Ordu va Antaliya kabi qirgoq shaharlarda gavvoslar, bu maxsus kunni nishonlash uchun suv ostida bayroqlar bilan suzdilar.

Prezident Erdogan: «Yoshlarimizga tinch va xotirjamlikka tola, yuqori texnologiyalar bilan jihozlangan farovon yurt qoldirish haqida bergan va’damizni bajarish uchun bor kuchimiz bilan ishlayapmiz». – dedi va maqsadiga erishishga harakat qilayotgan va Turkiyaning madaniy merosini yuksaklarga kotarayotgan yoshlarni qollab - quvvatlashni davom ettirishlarini o‘z so‘ziga ilova etdi.

 

 

 

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us