DUNYO
3 daqiqa o'qish
Hamas G‘azoda butunlay otashkesim yo‘lga qo‘yilishi uchun chora qidirmoqda
Hamas 10 nafar mahbus askar bilan 18 kishining jasadini Isroilga topshirish evaziga falastinlik mahbuslarning bir qismi ozod etilishini so‘radi.
Hamas G‘azoda butunlay otashkesim yo‘lga qo‘yilishi uchun chora qidirmoqda
1 июн 2025

Hamas manbalarining qayd etishicha Falastin qarshilik harakati AQSh tomonidan taklif qilingan o‘t ochishni to‘xtatish kelishuviga ijobiy tusda javob bergan ammo otashkesim butunlay yo‘lga qo‘yilishi talab qilinmoqda.

Davom etayotgan muzokaralar haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lgan Hamas manbasi: «Hamas, vositachilarga o‘zining rasmiy yozma javobini yetkazdi. Bu (AQSh elchisi Stiv) Vitkoffning taklifiga berilgan ijobiy tusdagi javob desak ham bo‘ladi. Ammo unda otashkesim butunlay kafolatlanishi va Isroilning to‘liq chekinishi zarurligi ta’kidlanmoqda», - dedi.

Hamas ilgari Misr bilan Qatar vositachiligida AQShning so‘nggi taklifiga javob bergani haqida gapirgandi.

Hamas bir talab ro‘yxatidek ko‘ringan bayonotida: «O‘q uzishni to‘xtatish yoki otashkesimni butunlay yo‘lga qo‘yish, Isroilning G‘azodan to‘liq chekinishi va Falastin xalqiga uzluksiz insonparvarlik yordami yetkazib berilishi ishlari kafolat ostiga olinishi shart», - dedi.

Taklif doirasida Hamas 10 nafar mahbus askar bilan 18 kishining jasadini Isroilga topshirish evaziga kelishuvda aytilgan sonda falastinlik mahbuslar ozod etilishini so‘radi.

Ammo Hamas, Vitkoff taklifini qabul qilgani haqida hali hanuz ochiq – oydin ma’lumot bermadi.

Milliy maslahatlashuvlar

Hamas, javob, bir qator milliy maslahatlashuv jarayoni ortidan tayyorlangani va Falastin xalqining tortayotgan azoblariga nisbatan mas’uliyat hissini aks ettirishini qayd etdi.

Bu voqea ortidan Isroil milliy kanali KAN, isroillik manbalarga asoslangan xabarida, Hamasning Vitkoff taklifida o‘zgarish kiritilishini talab qilganini iddao etdi.

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu esa payshanba kuni bergan bayonotida, AQShning Yaqin sharq maxsus vakili Stiv Vitkoff tayyorlagan ot ochishni toxtatish va mahbuslarni almashish rejasini qabul qilganini e’lon qildi.

Hamas tomonidan qoshimcha ma’lumot berilmas ekan Isroil bilan AQSh matbuoti hamda Hamasga yaqin falastinlik manbalar, taklifning isroillik 10 nafar mahbusning ozod etilishi evaziga muddatsiz qamoq jazosi olgan falastinlik 125 mahkumning ozod etilishi; 2023 - yilning 7 - oktabridan keyin Gazoda hibsga olingan 1.111 kishi bilan falastinlik 180 kishining jasadini topshirishni oz ichiga olganini xabar qildi.

Ikki bosqich

Mahbuslarni ozod etish ishlari ikki bosqichda amalga oshirilishi kozda tutilmoqda. Shunga ko‘ra birinchi guruh birinchi kunda, ikkinchi guruh esa yettinchi kunda ozod etiladi va ommaga ochiq marosim uyushtirilmaydi.

Bundan tashqari taklif kelishuvning tasdiqlanishidan hamon keyin Gazoga insonparvarlik yordamlarini yetkazish ishlarining boshlashi, yordamlarning Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan Qizil xoch tomonidan tarqatib berilishi va otashkesim kelishuv jarayonidan keyin ham davom etishini nazarda tutmoqda.

Shartlar shuningdek, mahbuslarni almashish faoliyati tamomlanishi ortidan Isroil kuchlarining Gazo sektorining shimolidan boshlab Netzarim yolagi orqali janubga qarab bosqichma - bosqich qayta joylashtirilishini oz ichiga oladi.

Isroil 2023 - yilning oktabr oyidan beri Gazoda uyushtirgan og‘ir hujumlarida falastinlik 54 ming 400 kishi halok bo‘ldi. Ularning ko‘pchiligi ayollar va bolalardan iborat.

Yordam tashkilotlari 2 million nafardan ortiq inson yashagan Gazoda ocharchilik xavfi ustidan ogohlantirmoqda.

Otgan yilning noyabr oyida Xalqaro Jinoyat sudi Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu va sobiq Mudofaa vaziri Yoav Gallant haqida Gazodagi urush va insoniyatga qarshi qo‘l urilgan jinoyatlar tufayli hibsga olish bo‘yicha buyruq chiqardi. Isroil shuningdek, aholi punktlaridagi tinch aholiga nisbatan qo‘l urilgan urush jinoyatlari yuzasidan Xalqaro Adliya sudida genotsidga qo‘l urganlikda ayblanmoqda.

 

 

 

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us