Matcha – shifobaxsh yapon choyi
MADANIYAT
4 daqiqa o'qish
Matcha – shifobaxsh yapon choyiYaponiyaning ma'naviy an'analarida chuqur ildiz otgan bu yashil choy salomatlik, hashamat va eng so'nggi ijtimoiy tarmoqlarda bo'lishi kerak bo'lgan timsolga aylandi desak mubolag’a bo’lmaydi.
Matcha
3 март 2025

Matcha… Siz matchaning ishqibozi bo'lmasangiz ham, yoki uni hech ta’tib ko'rmagan bo'lsangiz ham, ehtimol u haqida eshitgandirsiz. Ko'pikli, xushbo’y va o'ziga xos yashil rangda. Ba'zilar uchun, bu salomatlikning asosiy elementi. Boshqalar uchun esa, ta'mi xushbo’y o't kabi…

Yaponiyaning ma'naviy an'analarida chuqur ildiz otgan bu yashil choy salomatlik, hashamat va eng so'nggi ijtimoiy tarmoqlarda bo'lishi kerak bo'lgan timsolga aylandi desak mubolag’a bo’lmaydi.

Bugun biz ushbu ikki savolga javob qidiramiz. Matcha qanday qilib global sog'liqni saqlash tendentsiyasiga aylandi? Ko'p asrlik amaliyotlar zamonaviy tendentsiyalar bilan to'qnashganda nima bo'ladi?

Matchaning paydo bo’lish jarayoni Xitoyda Tang sulolasi davrida, 618dan 907 yillar oralig’ida boshlandi. Vaqt o’tishi bilan matcha Yaponiyada choy madaniyatining poydevori bo'lib shakllandi. Matchani dastlab Xitoyda o'qish paytida yashil choy bilan tanishgan buddist rohiblari e’lon qildi. Ular Yaponiyaga choy urug'ini olib kelishdi va u yerda choy barglarini mayda kukunga aylantirish usulini ishlab chiqdilar. Bu kukunga “matcha” deb nom berildi. U oddiy ko’k choydan farqli o'laroq, barglari qaynatiladi va tashlanadi, matcha butun bargni iste'mol qilishga imkon beradi va uning ozuqaviy qiymatini oshiradi.

Vaqt o’tishi bilan yapon choyini damlash o’ziga xos marosimga aylandi - chanoyu - oddiylik va mukammallikni nishonlaydigan amaliyot. Marosimdagi har bir harakat - choyni ko'pirtirishdan tortib to, xizmat ko'rsatishgacha - maqsadga muvofiq bo'lib, uyg'unlik va mavjudlik lahzasini yaratadi.

Ammo keyin, nimadir o'zgardi. Matcha g'arbda salomatlik harakatining ramziga aylandi. U bir necha daqiqada tayyorlanadi, ko'pincha g'arb va zamonaviyroq ta'mga mos kelishi uchun siroplar va sut bilan tayyorlanadi. An'anaviy marosimning sukunat va bahsli kunlari o'tib ketdi.

Matcha choyi ish vaqtida – Instagramda vaqt o’tkazar ekan, yoki do'stlar bilan suhbatlashayotganda, elektron xatlarga javob yozayotganda iste’mol qilinadi.

Keling, sokin yapon choyxonasiga bir nazar tashlaylik! O'zingizni tatami to'shagida tiz cho'kib, xotirjam o’tirgan holda tasavvur qiling. Uy egasi “chashaku” deb ataladigan nozik bambuk qoshiq bilan matchani bilan o'lchaydi. Qaynagan suv choy kosasiga quyiladi va aralashma “chasen” bilan – ya’ni, qo'lda yasalgan bambuk ko'pirtirgich bilan aralashtiriladi. Bu shunchaki ichimlik emas - bu umumiy, muqaddas odatdir. Har bir qultum – mulohaza, dam olish lahzasi demakdir.

Keling endi, G'arbdagi zamonaviy matcha ishqibozligiga to’xtalaylik! Bu choyning ishqibozlari ijtimoiy media fenomeniga aylandi.

"Bu mening mashhur Matcha Latte retseptim, siz hozir bunga guvoh bo'lasiz" 0:00-0:04]

Bu tasvirda, Kortni Kardashian pechka yonida turib, jarayonni tushuntirayotganda xotirjamlik bilan matcha latte tayyorlamoqda. U katta metall ko‘pirtirgich bilan ichimlikni aralashtirib, kamera oldida gapirmoqda. Jarayon marosimdagi qulaylikni anglatadi.

Bugungi kunda matcha choyi o'zining chuqur madaniy ildizlari bilan emas, balki Instagramga munosib estetik jozibasi va kunni boshlash uchun salomatlik yechimi yoki trenddagi turmush tarzi aksessuari sifatidagi obro'si bilan talqin qilinadi. Bu hurmat ko’rsatishdan ko'ra ko'proq yoqtirish bilan bog’liq - uning ildizlaridan uzoqda.

Matchani tovarga aylantirish uni ko'p milliardli sanoatga aylantirdi. 2023 va 2028 yillar oralig'ida bozor 3,8 milliard dollardan 6 milliard dollargacha o'sishi kutilmoqda.

Ammo muammo shundaki: G'arbda "matcha" sifatida sotiladigan ko'p narsa Yaponiyadan kelgan muqaddas choy emas. Arzonroq, ommaviy ishlab chiqarilgan versiyalar bozorni to'ldirmoqda, e'tiborni sifatdan qulaylikka o'tkazmoqda.

O'sib borayotgan mashhurlik bilan, matcha endi o'zining madaniy ildizlaridan mahrum qilingan mahsulotga aylanish xavfi ostida - ba'zilar oziq-ovqat mustamlakachiligi deb atagan narsaning qurboni desak adashmagan bo’lamiz

Asrlar davomida, matcha tortiq qilish hurmat va bog'lanish ramzi edi. An'anaviy muhitda bu sokinlik lahzasi. kunimizda u tez-tez shoshqaloqlik bilan iste'mol qilinadi, uning ma'nosi hashtaglar va blogerlarning ma'qullashlari bilan suyultiriladi.

Xo'sh, biz bu ikki dunyoni - muqaddas va tijoratni qanday qilib bir-biriga moslashtiramiz?

Ba'zi choy brendlari iste'molchilarga uning kelib chiqishi haqida ma’lumot berish orqali matchaning yaxlitligini saqlab qolishga harakat qilmoqda. An'anaviy tayyorlash bo'yicha seminarlar ommalashmoqda va ko'proq odamlar matchani lattening ortida o'rganmoqda.

Agar o'zingizni matcha ichayotgan yoki ushbu ramziy yashil ichimlikning rasmiga termulib o'tirgan holda topsangiz, to'xtang... Mulohaza yuritish uchun bir oz vaqt ajrating... hatto zamonaviy hayot shiddatida ham uning tarixi va an'analariga qanday hurmat ko’rsatishingiz mumkinligini bir o'ylab ko'ring.

Bugungi mavzu bundan iborat. Keyingi dasturda uchrashuncha. Ushbu maqola TRT World xodimi Sena Serim tomonidan yozilgan.

TRT Global'ni nazar soling. Fikringizni bildiring!
Contact us