TURKIYA
2 daqiqa o'qish
Erdo‘g‘an Qurbon hayiti munosabati bilan tabrik yo'lladi
Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an mo‘min-musulmonlarning muqaddas Qurbon hayiti munosabati bilan turk xalqini tabrikladi.
Erdo‘g‘an Qurbon hayiti munosabati bilan tabrik yo'lladi
6 июн 2025

Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Qurbon hayiti Turkiya, turk millati va butun insoniyat uchun xayrli bo‘lishini tiladi.

Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an mo‘min - musulmonlarning muqaddas Qurbon hayiti munosabati bilan xalqini muborak bot etdi.

Erdogan «X» platformasi orqali Qurbon hayiti yurtimiz, millatimiz va butun insoniyat uchun xayrli bolishini tiladi.

Prezident, shuningdek, Turkiya Respublikasining har bir fuqarosi hamda G‘azo va Falastindagi barcha do‘stlarimizni ham hayit bilan tabrikladi.

Qurbon hayiti islom diniga ko‘ra Hazrati Ibrohimga o‘z og‘lini qurbon qilmasligi uchun Olloh tomonidan bir qo‘y yuborilishi bilan insoniyat tarixiga kirib keldi. Shunda Hazrati Ibrohim o‘g‘li o‘rniga shu qo‘yni qurbon qiladi. Natijada insoniyat tarixida yangi sahifa ochildi, qurbonlik qilish ibodati boshlandi. 

Musulmonlar xuddi shu voqeani yodga olish uchun hayvonlarni qurbon qiladilar va goshtlarini kam ta’minlanganlar va ularning qarindoshlari bilan bolishadilar.

Taxminan 2 million nafar hoji, Qurbon hayitining birinchi kunida o‘z burchini ado etmoqda

Taxminan 2 million nafarga yaqin musulmon hoji, Saudiya Arabistonining Mino vodiysida bugun ertalabdan e’tiboran yillik haj ibodatining muhim qismidan biri bo‘lgan Jamorat ustunlariga tosh otishni boshladi.

Jamratul aqobada tosh otish marosimi ortidan hojilar, to‘rt kunlik Qurbon hayiti boshlanishining ramziga aylangan qurbon so‘yish an’anasi kabi hayitning boshqa ibodatlarini bajaradilar.

Ziyoratchilar tashriq kunlarida (shanbadan dushanbagacha) Minoda qoladilar va tosh otish marosimini davom ettiradilar.

Saudiya Arabistoni rasmiylari payshanba kuni ziyoratchilar Arofat tog‘iga muvaffaqiyatli ravishda ko‘chib o‘tganlari va bu jarayonda ilg‘or sun’iy intellekt tizimlaridan foydalanganliklarini ma’lum qildi.

Bu yilgi olti kunlik haj mavsumi 4 – iyun chorshanba kuni boshlandi, oxirgi marosimlar 9 – iyun dushanba kunigacha davom etadi.

Saudiya Arabistoni Statistika Bosh boshqarmasi 1446 - hijriy taqvim yili uchun ziyoratchilar soni 1 million 673 ming 230 nafar ekani, ulardan 1 million 506 ming 576 nafari mamlakat tashqarisidan kelganini ifoda etdi.

Mahalliy ziyoratchilar soni, xususan Saudiya Arabistoni fuqarosi va ular soni 166 654 kishi ekani aniqlandi.

O‘tgan 2024 - yili dunyoning 200 davlatidan 1,8 million nafardan ortiq musulmon ziyoratchilar haj ibodatini ado etdi.

Haj islom e’tiqodi farzlaridan biri bo‘lib, moddiy imkoniyati bor har bir musulmon umrida kamida bir marta bajarishi lozim bo‘lgan ibodatdir.

Haj islomning asosiy tushunchalarini anglatish va Ibrohim payg‘ambar bilan uning oilasi boshidan kechirgan qiyinchiliklarni xotirlashni ko‘zlagan bir qator marosimlarni ham o‘z ichiga oladi.

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us