Efiopiya Bosh vaziri Abiy Ahmad payshanba kuni bergan bayonotida, qo‘shni davlatlarda anchadan beri tashvishga yo‘l ochgan Moviy Nil ustidagi millionlib dollarlik yirik to‘g‘onning to‘liq yakunlangani va sentabr oyida rasmiy ravishda ochilishi rejalashtirilganini ma’lum qildi.
2011 -yili 4 milliard dollarlik byudjet bilan boshlatilgan GERD to‘g‘oni, Afrikaning eng yirik gidroelektr loyihasi hisoblanadi. U 1,8 kilometr kenglikda va 145 metr balandlikda qurildi.
Addis-Abeba bu loyiha mamlakatning elektrifikatsiya dasturi uchun muhim ekanini ifoda etdi ammo bu loyiha quyi oqimdagi Misr va Sudan davlatlari bilan suv ta’minoti masalasida ziddiyatlarga sabab bo‘lmoqda.
Parlamentda so‘zlagan nutqida Abiy, GERD to‘g‘oni qurilishi to‘liq yakunlangani va uning rasmiy ochilishiga tayyorgarlik ko‘rilayotgani haqida gapirdi.
Unda shuningdek Misr bilan Sudanni nazarda tutga holda: “Qo‘shnilarimizga buning mushtarak imkon ekanini bemalol ayta olamiz. Chunki ushbu loyiha orqali ishlab chiqariladigan energiya va rivojlanish nafaqat Efiopiya, balki butun mintaqaga foyda olib keladi”, - dedi.
Aytmasak ham jiddiy suv tanqisligidan aziyat chekayotgan davlat sifatida Misr, GERDni Nil daryosidan olinadigan suv ulushi uchun tahdid deb bilar ekan; to‘g‘onning to‘ldirilishi va ishlashi borasida majburiy kelishuv talab qilmoqda.
Sudan esa, suv toshqinlarining oldini olish va Moviy Nil ustidagi o‘zining energiya ishlab chiqargan to‘g‘onlarini himoya qilish uchun Efiopiya to‘g‘onini ishlatish masalasi ustidandan koordinatsiya talab qilmoqda. To‘g‘on esa Sudan chegarasiga atigi 10 kilometr uzoqlikda.
Avvalgi uch tomonlama kelishuvga erishish bo‘yicha muzokaralar muvaffaqiyatsiz tugar ekan Abiy, Addis - Abebaning “konstruktiv muloqotga tayyor” ekanini ifoda etgan holda loyiha Misrga hami Sudanga ham ziyon yetkazmasligini qayd etdi.
Shuningdek:“Biz umumiy taraqqiyot, umumiy energiya va umumiy suvga ishonamiz. Eng muhimi birining farovonligi, barchaning farovonligini anglatishi shart”, - dedi.
Energiya loyihasi
Efiopiya mamlakatning shimoli - g‘arbida, Sudan chegarasidan 30 kilometr uzoqlikda joylashgan loyihadan, birinchi marta 2022 - yilning fevral oyida elektr ishlab chiqarishni boshlagan.
To‘liq quvvatda ishlaganida 74 milliard kubometr suv saqlanar ekan 5 000 megavattdan ortiq elektr energiyasi ishlab chiqarilishi mumkin. Bu Efiopiyaning hozirgi ishlab chiqarish quvvatidan ikki baravar ko‘p.
Sharqiy Afrika mamlakati bo‘lgan Efiopiya qit’adagi ikkinchi eng ko‘p aholiga ega davlat bo‘lib, aholisi hozirda 130 millionga yetgan va elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyoj ortib bormoqda.
Jahon bankining joriy yil boshidagi hisob-kitoblariga ko‘ra, aholining yarmidan ko‘pi elektr energiyasiz yashamoqda.