DUNYO
2 daqiqa o'qish
Eron: 12 kunlik to‘qnashuvlar davomida kamida 935 kishi halok bo‘ldi
Eronda 12 kun davom etgan to‘qnashuvda kamida 935 kishi halok bo‘lgani, ulardan 132 nafari ayol kishi, 38 nafari esa yosh bola ekani aytilmoqda.
Eron: 12 kunlik to‘qnashuvlar davomida kamida 935 kishi halok bo‘ldi
1 июл 2025

Eron rasmiylari, Isroil bilan 12 kun davom etgan toqnashuvda Isroil hujumlari oqibatida kamida 935 kishi halok bolganini ma’lum qildi.

Yarim rasmiy «Tasnim» axborot agentligi bergan ma’lumotda esa halok bolganlar orasida 132 nafar ayol kishi bilan 38 nafar yosh bola borligi qayd etildi.

Sogliqni Saqlash vazirligi avvalroq Isroil hujumlarida 606 kishi halok bolgani va 5 ming 332 kishi tan jarohati olganiga e’tibor qaratgandi.

Sud hokimiyati Matbuot xizmati kotibi Asgar Jihangirning sozlariga kora, Tehronning shimoli - garbida joylashgan «Evin» qamoqxonasiga qarshi uyushtirilgan Isroil hujumlarida 79 kishi jon bergani va ular orasida mahbuslar, qamoqxona xodimlari va yaqin atrofda yashovchi mahalliy aholi borligi aniqlangan.

«Evin» qamoqxonasi foydalanishdan chiqqani va mahbuslar evakuatsiya qilingani haqida ham gapirgan Jihangir, mazkur hujumni asosiy inson huquqlari va xalqaro qarorlarning ochiq – oydin paymoli sifatida baholadi.

Isroil bilan Eron ortasidagi toqnashuv Tel - Avivning joriy yilning 13 - iyuni kuni Eronning harbiy, yadroviy va harbiy bo‘lmagan obyektlariga qarshi havo hujumlari uyushtirishi ortidan boshladi.

AQSh ham Eronning Fordo, Natanz va Isfahondagi yadroviy obyektlariga zarba berish orqali mojaroning keskinlashuviga yo‘l ochdi.

Tehron bunga javob tariqasida Isroilga qarshi raketa va dronlar orqali hujum uyushtirdi. Natijada Quddusdagi Ibroniy universiteti ma’lumotiga ko‘ra kamida 29 kishi halok bolar ekan, 3 ming 400 nafardan ortiq inson tan jarohati oldi.

Voqea, 24 - iyun kuni AQSh o‘rtamchiligida yo‘lga qo‘yilgan otashkesimning kuchga kirishi bilan toxtadi.

 

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us