G'AZODA URUSH
5 daqiqa o'qish
Ayshenur adolat izladi va Falastinning ozodligi uchun kurash olib bordi
Turk – Amerika fuqaroligiga ega bo‘lgan Ayshenur Ezgi, Falastinning ozodligi va adolatini izlagan, nozik va g‘ayratli inson sifatida yodga olinadi.
Ayshenur adolat izladi va Falastinning ozodligi uchun kurash olib bordi
9 март 2025

Ayshenur Ezgi Eygi bilan o‘tgan yilning may oyida AQShdagi talabalar lagerida tanishdim. Vashington universitetiga Falastinni qo‘llab - quvvatlash va Isroilning G‘azoda davom etayotgan qatliomiga qarshi turish maqsadida borgan edik. O‘sha paytda, Ayshe, talabalar harakatining yetakchilaridan biri sifatida muhim rol o‘ynayotgan edi.

Turk va Amerika fuqaroligiga ega bo‘lgan yosh qiz, talabalik yillaridan beri falastinliklar uchun adolat izlash bilan bir qatorda boshqa ko‘plab sabablar uchun ham kurash olib borayotgan edi. Eng muhimi, u, tanlagan yo‘lidan mamnun edi.

Hayot bizni Falastin xalqining ozodligi uchun birlashtirdi va men bilgan Ayshe ajoyib inson - juda mehribon, sevimli, jasur va kuchli rahbar edi. Ayshe 26 yoshida edi va hamma bilan qulay til topishishi e’tiborimdan qochmadi. Uning do‘stlari ko‘p edi va o‘zining pozitivligi bilan atrofiga nur sochardi. 

Ayshe har doim hatto ishi ko‘p, band bo‘lsa ham ilojini topib boshqalarga yordam berishga va do‘stlarining hol - ahvolini so‘rashga urinar edi.

Hamma uchun tenglik

Ba’zi o‘ziga xos xususiyatlaridan biri sifatida men Ayshening aql bovar qilmaydigan darajadagi qat’iyatini eslayman. Buni insonlarni xursand qilishga urinib, hazil qilish qobiliyati bilan muvozanatlashtirdi. Ammo uning faolligi haqida gap ketganda, uning jiddiy tomoni ham bor edi.

Uning ijtimoiy ongi, ko‘pincha muhim vaqtni rejalash bilan o‘tardi. Ayshe, Falastinni judayam yaxshi ko‘rardi va universitet lagerida muhim rol o‘ynadi - talabalar va universitet ma’muriyati bilan muloqot qilish orqali rejalashtirish ishlarida ishtirok etdi.

U bunga talabalik davridagi ta’limini muvozanatlash, yakuniy imtihonlarga astoydil tayyorlanish, yaxshi baho olish va oxir - oqibat Vashington universitetini bitirish orqali erishdi.

Ayshe uchun adolat, faqatgina Falastin masalasini himoya qilish bilan cheklanib qolmagandi. U, hammaning tengligi uchun kurash olib borish ham adolat ekaniga ishongan inson edi.

Yosh faol sifatida ijtimoiy ongini rivojlantirish bilan birga chet ellarga sayohatga ham chiqdi. Bir necha yil avval u Janubi - Sharqiy Osiyoda rohingya xalqiga qarshi qo‘l urilgan qatliomni kuzatish uchun Myanmaga bordi.

Yoshligida Antaliyadan AQShning Sietl shahriga ko‘chib borgan Ayshe, bu shaharda irqiy adolat uchun ham kurash olib bordi va Black Lives Matter (BLM) harakatida ishtirok etdi.

Ayse juda to‘g‘ri va halol edi; U har doim o‘zi xohlagan ishni qilar, nima bo‘lishidan qat’iy nazar uni mehr bilan qilar edi. Ayshening yashashni, hayotni qanchalik yaxshi ko‘rishi va o‘qishini davom ettirishdan hayajonlanishi, ishg‘ol ostidagi G‘arbiy Sohilga borishni qanchalik istaganini yaxshi eslayman.

G‘arbiy Sohilga sayohat

Ayshe haqiqatan ham u yerga borishni juda xohladi. Astoydil u yerdagi haqiqatni va 1967 - yildan beri Gʻarbiy Sohilda toʻliq harbiy ishgʻolga ma’ruz qolgan falastinliklarning haqiqatini koʻrishni istadi. Qolaversa, undan keyin yuzaga kelgan etnik tozalashga qarshi kurash olib borish haqida ham qaror qabul qildi.

Oktabr oyida Isroil tomonidan falastinliklarga qarshi uyushtirilgan hujumlar avj olganidan beri harbiy kuchlar 41 ming nafardan ortiq inson umriga zomin bo‘ldi. Eng yomoni ularning aksariyati ayollar va bolalardan iborat. Ishg‘ol qilingan G‘arbiy Sohilda Isroil shu paytgacha 700 ga yaqin insonni o‘ldirdi va 5700 nafardan ortiq inson tan jarohati oldi.

Shu nuqtai nazardan sms orqali tez - tez aloqada bo‘lgan bir davrda, Ayshe otasi va boshqa universitet o‘qituvchilarining, professorlarning ana shu yerda bo‘lishidan qo‘rqqani haqida gapirdi.

Ammo u qarshilikchi edi. Ayshe shunga qaramay u yerga borishni istadi, G‘arbiy Sohil bilan Falastinni qo‘llab – quvvatlashni istadi. Nima bo‘layotgani va tez – tez tsenzura qilingan hikoyani o‘z ko‘zi bilan ko‘rishni va uni butun dunyo bilan bo‘lishishni xohladi.

Ayshe xavf - xatarlardan xabardor edi va shunga qaramay butun dunyo ko‘zi oldida qatl qlinayotgan Falastin xalqi bilan birga bo‘lishni istadi va shu bois G‘azoga bormoqchi bo‘ldi

Uning u yerga Xalqaro Birdamlik Harakati aʼzolari bilan birga borishdan maqsad, axborotni yuborishni davom ettirish va Isroil ishgʻoli bilan vahshiyligini butun dunyoga koʻrsatish edi.

Ayshe bilan oxirgi marta o‘ldirilishidan bir necha soat oldin telefon orqali gaplashgan edik. Men u bilan ikki soatdan ortiq gaplashdim.

O‘shanda men Ayshening chin dildan gapirayotganini his qildim. U menga ishg‘ol qanchalik dahshatli ekanini va uning ostida yashash naqadar qiyinligini aytdi - bu haqiqatni falastinliklar sifatida men va oilam his qildik. Men ham ana shu yerda hibsga olinganman; yashirin kuchlar akamni hibsga olishdi. Otam ham hibsga olindi va bir marta oyog‘iga o‘q uzildi.

Ishg‘ol ostidagi hayot

Ishg‘ol ostidagi G‘arbiy Sohildan muqaddas Quddus shahriga qadar davom etgan nazorat punktlaridan o‘tib, irqiy kamsitish va xavf - xatarni boshdan kechirmoqdamiz.

Ko‘pchilik falastinlik hech narsa qilmasdan otib o‘ldirmoqda. U yerdagi falastinlik do‘stlarim bu haqiqatni o‘sha yerdagi nazorat punktlarining o‘rab olinishi, uylarining tahdid qilinishi, mehmonlarining kirib – chiqishiga monelik qilinishi orqali boshdan kechirdi. Hatto ko‘pchiligi, adolatsiz ravishda uzoq vaqt kuttirilishi oldida chorasizlar.

Telefon orqali suhbatimiz davomida, Ayse, mahalliy aholidan eshitgan voqealari bilan ishg‘oldan kelib chiqqan barcha azob - uqubatlar haqida gapirib berdi.

Shuningdek, uning Quddusdagi tajribasi va Isroil askarlarining uni tarixiy al - Aqso jome’ masjidiga kirishiga ruxsat bermagani haqida ham gaplashdik.

Ayshe, ishg‘olni o‘z ko‘zi bilan ko‘rdi yoki guvoh bo‘ldi. Eng yomoni, falastinliklar bu holatga har kuni duchor bo‘layotgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra isroilliklar uning pasportini chegarada olib qo‘ygan, uni uzoq kutishga majbur bo‘lgan va nihoyat ichkariga kirishiga yo‘l bergan.

Biz Aysheni, adolat va Falastin ozodligi uchun o‘limiga qadar yashagan inson sifatida yodga olamiz. Uni, aslo unutmaymiz! Uni butun duyo, bir umr unutmaydı! Biz, ishg‘ol tugagunga qadar kurashimizni davom etamiz.

Ayshe u yerga faqatgina bir necha kunligiga borishiga qaramay, biz gaplashganimizda asossan, ishg‘ol ostidagi insonlar tortgan azob haqida gapirdi.

Meros

Fojiali ravishda o‘ldirilishidan oldin Ayshening rejalari bor edi. Bir necha kundan keyin u Xevron shahrida mening oilam bilan uchrashishi kerak edi ammo bu nasib qilmadi.

Biz Aysheni, adolat va Falastin ozodligi uchun o‘limiga qadar yashagan inson sifatida yodga olamiz. Uni, aslo unutmaymiz! Uni butun duyo, bir umr unutmaydı! Biz, ishg‘ol tugagunga qadar kurashimizni davom etamiz.

Biz hamisha u ochgan yo‘ldan boramiz va o‘zgarmagunga qadar dunyoda adolat va tenglik tushunchasini yoyishni davom etamiz.

Ayshening merosi o‘z jamoasidagi insonlarni birlashtirish edi. Uning xotirasiga bag‘ishlab jamoat tashkilotchilari va adolat guruhlari uning kuchi va vijdonidan ilhomlanib albatta birlashadilar. Ayshening murakkab ammo hech qachon voz kechmagan orzularini amalga oshirish uchun birgalikda kurash olib boradilar.

 



 

 

 

 

 

TRT Global'ni nazar soling. Fikringizni bildiring!
Contact us