Turkiya Istanbulda uyushtirilgan Xalqaro Mudofaa Sanoati ko‘rgazmasi IDEF - 2025 da o‘zining 970 kilogramm (2,000 funt) og‘irlikdagi eng kuchli havo bombalaridan GAZAPni ishtirokchilar e’tiboriga havola qildi.
Mutaxassislardan birining «Anado‘lu» (Anadolu) axborot agentligiga bergan ma’lumotiga ko‘ra, GAZAP bombasi yana - da kuhliroq natija olish uchun nishonga yaqinlashgan bir paytda kichik bo‘lakchalarga bo‘linib, yoyilib ketadi. Bo‘lakchalar esa bunga o‘xshash o‘q - dorilardan 3 barobargan ko‘p.
Katta portlash kuchiga ega bo‘lgan bomba F - 16 kabi platformalardan ham otilishi mumkin. Portlovchi va to‘ldiruvchi dizayni Milliy Mudofaa vazirligi Ar - Ge markazi tomonidan ishlab chiqarildi. Barcha kvalifikatsiya va sertifikatlash jarayoni yakunlandi.
NEB - 2 esa maydondagi eng kuchli bunker buzuvchi bombadir
Turkiya IDEF - 2025 ko‘rgazmasida NED - 2 bombasini ham namoyish etdi. Ba’zi rasmiylar nomi tilga olingan bombaning maydondagi eng kuchli bunker buzuvchi ekanini qayd etdi.
Mavzu haqida ma’lumot bo‘lishgan mutaxassislar: «AQShda ishlab chiqarilgan oddiy bombalar C35 (standart beton) betonini 2,4 metr chuqurlikda teshib o‘tar ekan NEB esa C50 betonini 7 metrgacha teshib o‘ta oladi. Eng muhimi C50 betoni C35 betoniga qaraganda 3 barobar kuchliroqdir», - degan ifodalarga o‘rin berdi.
Xalqaro Mudofaa sanoati ko‘rgazmasi Turkiya Respublikasi Mudofaa sanoati rahbarligi bilan Turk Quroli kuchlarini mustahkamlash jamg‘armasi hamkorligida uyushtirilmoqda.