Daniya dushanba kuni AQSh prezidenti Donald Trampning Grenlandiyani nazorat qilishga bo'lgan qiziqishi ortidan, Arktikadagi harbiy ishtirokini kuchaytirish uchun 14,6 milliard Daniya kroni (2,05 milliard dollar) sarflashini e'lon qildi. Grenlandiya Daniyaning yarim avtonom hududi hisoblanadi.
Shu oyda Tramp Grenlandiya AQSh xavfsizligi uchun o'ta muhim ekanini va Daniya strategik ahamiyatga ega Arktika oroli ustidan nazoratdan voz kechishi kerakligini aytdi.
O'n yillik mudofaa xarajatlarini qisqartirgandan so'ng, Daniya o'tgan yili harbiy xarajatlar uchun 190 milliard Daniya kroni (26 milliard dollar) miqdorida mablag' ajratdi va uning bir qismini Arktika uchun sarflamoqda.
Daniya Grenlandiya xavfsizligi va mudofaasidan mas'ul bo'lishiga qaramay, keng orolda cheklangan harbiy imkoniyatlarga ega.
Hozirda Daniya ixtiyorida to'rtta eski kuzatuv kemasi, bitta Challenger razvedka samolyoti va 12ta itli chana patrullari mavjud. Ularning barchasiga Fransiyadan to‘rt barobar katta hududni kuzatish vazifasi yuklangan.
Mudofaa vaziri Troels Lund Poulsen matbuot anjumanida Arktika harbiy-dengiz kuchlarining uchta yangi kemasini moliyalashtirish, rejalashtirilgan uzoq masofali razvedkachi uchuvchisiz havo vositalari sonini to‘rttaga ko‘paytirish va sun’iy yo‘ldosh orqali kuzatishni o‘z ichiga oladi.
Siyosiy partiyalar yilning birinchi yarmida taqdim etiladigan bitimda Arktika uchun ko'proq pul ajratishga kelishib oldilar.
AQSh harbiylari Grenlandiya shimoli-g'arbidagi Pituffik kosmik markazida doimiy bo'lib turibdi. Bu baza ballistik raketalarni erta ogohlantirish tizimi uchun strategik jihatdan joylashgan, chunki Yevropadan Shimoliy Amerikaga eng qisqa yoʻl orol orqali oʻtadi.