Qayd etilishicha Turkiya bilan AQSh hay’atlari Suriyada umumiy ustuvorliklarni muhokama qildi.
Kecha, 20 – may kuni, Suriya masalasi ustidan faoliyat yuritgan ishchi guruhining yangi turi uchun Turkiya hay’ati Vashingtonda bo‘lib qaytdi. Ushbu uchrashuvda Turkiya hay’atiga Tashqi Ishlar vaziri o‘rinbosari Nuh Yilmaz, AQSh hay’atiga esa Davlat kotibi o‘rinbosari Kristofer Landau rahbarlik qildi.
Muzokaralarda Turkiyaning AQShdagi elchisi Sedat O‘nal bilan AQShning Turkiyadagi elchisi Tomas Barrak ham ishtirok etdi.
Qo‘shma bayonotga ko‘ra Turkiya bilan AQSh, Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an bilan AQShdagi hamkasbi Donald Tramp ham aytganidek Suriya barqarorligi va xavfsizligi uchun hamkorlikni kuchaytirishda qarorli.
Bayonotda: «AQSh bilan Turkiya Suriyaning barqaror, tinch – totuv va qo‘shni davlatlar bilan yaxshi munosabatda bo‘lgan bir mamlakat bo‘lishini istaydi. Shuningdek, majburan ko‘chirilgan millionlab suriyalikning o‘z uylariga qaytishini ta’minlaydigan bir Suriya orzusi borligi haqida gaplashdi», - deyildi.
Har ikki mamlakat ham Suriyaning hududiy yaxlitligi saqlanib qolinishining qay darajada muhim ekanini ta’kidlagan bayonotda quyidagi ifodalarga o‘rin berildi: «Terror tashkilotlariga xavfsiz boshpana taqdim etmaydigan barqaror va birlashgan Suriya, mintaqaviy xavfsizlik va farovonlikni qo‘llab - quvvatlaydi».