G‘azo Sog‘liqni Saqlash vazirligining rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra Isroil armiyasi 2023 - yilning oktabr oyidan beri falastinlik 18 ming 592 nafar yosh bola umriga zomin bo‘ldi.
Vazirlik o‘z ma’lumotlarida, shahidlarning ko‘pchiligi hayotlarining birinchi kunlaridayoq o‘ldirilganini aniqladi.
Ba’zilari tug‘ilganidan faqatgina bir necha soat o‘tib, Isroil havo hujumlari yoki bombalar tufayli jon berdi.
Vazirlik tomonidan e’lon qilingan raqamlarga ko‘ra shahidlar orasida tug‘ilganidan bir necha soat o‘tib o‘ldirilgan 9 chaqaloq, hayotining birinchi kunida o‘ldirilgan 5 chaqaloq, ikkinchi kuni o‘ldirilgan 5 chaqaloq va uchinchi kunida o‘ldirilgan 8 chaqaloq bor.
Vazirlik qurbonlar orasida 88 nafar 1 oylik, 90 nafar 2 oylik va 78 nafar 3 oylik chaqaloq borligiga e’tibor qaratdi.
Isroil armiyasi 2023 - yilning 7 - oktabridan beri G‘azoga qarshi vahshiylardek hujum uyushtirmoqda va shu kungacha 60 ming 200 nafardan ortiq falastinlik qatl qilindi.
Isroil G‘azoni 18 yildan beri blokada ostida ushlab turibdi va 2 - martdan beri mintaqaga kirish joylarini to‘sib, insonparvarlik yordami olib kirilishiga monelik qilmoqda. Bu esa 2,4 million aholiga ega bo‘lgan mintaqadagi vaziyatni yanada og‘irlashtirmoqda.
G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi Bosh direktori Munir al - Bersh, 2023 - yilning oktabr oyidan beri Isroil tomonidan joriy etilgan ommaviy ochlik tufayli halok bo‘lgan falastinliklar sonining 159 nafarga yetgani va ulardan 90 nafari yosh bola ekanini bildirdi.
Al – Bersh: «Bu insonlar to‘satdan o‘lmadi. Ular kundan - kunga oziq - ovqat va dori - darmonlardan mahrum qilingan qamal ostida, zolimni mazlum bilan tenglashtirgan global sukunat sharoitida qurib ketdilar» - dedi.
«Har bir raqam – bir ismdir. Har bir bola esa katta orzu. Har bir shahid bir chini ovqat, ozgina sut yoki parvarishga muhtoj edi», - deya qo‘shimcha qildi.
Isroilning Inson haqlari tashkilotlaridan B’Tselem va Physicians for Human Rights - Israel (Inson haqlari uchun shifokorlar – Isroil), dushanba kuni Falastin jamiyatini muntazam ravishda yo‘q qilish va G‘azoda sog‘liqni saqlash tizimining ataylab cho‘ktirilishi yoki qulatilishi tufayli Isroilni genotsidda ayladi.