Pokiston bilan Hindiston askarlari mubohasali Kashmir hududida shu bilan uchinchi kecha bir - biriga qarshi ketma - ket o‘q uzdi.
Hindiston, Yangi Dehli yetakchiligidagi Kashmirda tinch aholiga qarshi chorak asrdan beri eng yomon hujumni uyushtirgan qurolli shaxslar ortidan Pokistonni «chegara tashqarisidagi terrorizm»ni qo‘llab - quvvatlashda aybladi.
Islomobod esa bu hujum bilan hech qanday aloqasi yo‘qligini ta’kidlagan holda, Pokistonni bu voqeaga aralashtirish tashabbuslarini aslsiz deb baholadi va Hindistonning har qanday harakatiga javob qaytarilishini o‘z so‘ziga ilova etdi.
Hindiston xavfsizlik kuchlari joriy yilning 22 - apreli kuni Pahalgamdagi sayyohlik maskanida 26 kishi umriga zomin bo‘lganlar uchun keng ko‘lamli qidiruv amaliyotlari boshlatdi. Politsiya, qochib ketgan va qurollangan shaxslar orasida pokistonlik 2 kishi borligini qayd etdi.
Hindiston armiyasi yakshanba kuni mavzu haqida bergan bayonotida, ikki mamlakatni bir - biridan ajratgan nazorat nuqtasi bo‘ylab Pokiston tomonidan o‘zidan - o‘zi yengil o‘q uzilganini ifoda etdi.
«(Bizning) armiyamiz shunga mos ravishda yengil qurol orqali munosib ravishda javob qaytardi», - deb qo‘shimcha qildi.
Pokiston bir - biriga qarshi o‘q uzilgani haqidagi bayonotni hali hanuz tasdiqlamasa ham hujum ortidan Yangi Dehli, su masalasini keyingiga qoldirish, Pokiston bilan quruqlikdagi asosiy chegara darvozasini bekitish, diplomatik aloqalarini to‘xtatish va pokistonliklar uchun vizalarni bekor qilish kabi cheklovlarga ulgurdi.
Bunga javob tariqasida Islomobod hindistonlik diplomatlar va harbiy maslahatchilarni deportatsiya qilishni buyurar ekan, sikh ziyoratchilaridan tashqari Hindiston fuqarolariga viza berish ishlarini bekor qildi. O‘zi tomonidagi asosiy chegara darvozasini bekitdi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti ikki davlatni iloji boricha sabr toqatga chaqirdi va muammoni muloqot yo‘li orqali hal qilishlarini talab qildi.