SIYOSAT
3 daqiqa o'qish
G‘azoda ochlik avj olar ekan tinchlik muzokaralari qay ahvolda?
Oxirgi kunlarda G‘azoda 21 nafardan ortiq yosh bolaning ochlikdan o‘lishi bilan insoniy inqiroz terang tus olar ekan, o‘rtamchilar, G‘azo tinchligi uchun olib borgan muzokaralarda paydo bo‘lgan muammolarni hal qilishda qiynalmoqda.
G‘azoda ochlik avj olar ekan tinchlik muzokaralari qay ahvolda?
23 июл 2025

G‘azoda ommaviy ochlik xavfi ortib borayotgan bir paytda, o‘rtamchilar 6 - iyuldan beri urushni to‘xtatish uchun Isroil va Hamas hay’atlari bilan tez - tez uchrashuv o‘tkazmoqda.

Tomonlar 21 oy davom etgan to‘qnashuvlarda o‘zlari qo‘ygan shartlardan voz kechmas ekan, bu holat, qisqa muddatli yo‘lga qo‘yilgan ikkita otashkesimning butunlay davom etishiga monelik qiladi.

Falastin hududlarida ochlikdan o‘lganlar soni ortib borar ekan, Isroilning insonparvarlik yordamlari tarqatilishiga yo‘l qo‘ymasligi alohida e’tibor tortmoqda. Bu esa, muammoni yana - da xavfli tomonga burmoqda.

Bosimlar ortar ekan Vashington, AQShning yuqori martabali vakili Stiv Vitkoff shu hafta G‘azoda o‘q uzishni to‘xtatish va insonparvarlik yordami yo‘llarini muhokama qilish uchun Yevropaga borishini ma’lum qildi.

Amerikalik rasmiylar, shuningdek, Vitkoff Yaqin Sharqqa ham borishi mumkinligini bildirdi.

G‘azodagi insoniy vaziyat jadal ravishda yomonlashayotgan bir paytda, tomonlar kelishuvga erishishga qay darajada yaqin?

Urush tarafdorlari nima xohlaydi?

Ikki haftadan uzoq davom etgan muzokaralarga qaramay o‘rtamchilar — Qatar, Misr va AQSh — hech qanday natijaga erisha olmadi.

Hozirgi taklif esa 60 kunlik otashkesim bilan hayotda bo‘lgan o‘n nafar isroillik mahbusning yuzlab falastinlik mahbusga almashishini o‘z ichiga olmoqda.

Hamas har qanday kelishuv oqibatida urushni butunlay to‘xtatish kafolat ostiga olinishini talab qilar ekan, Isroil buni rad etib, Hamasdan qurol tashlashni va boshqaruv huquqidan voz kechishni so‘ramoqda.

Parijdagi Sciences Po universitetining Yaqin Sharq tadqiqotlari bo‘yicha o‘qituvchisi Karim Bitar: «Achchiq haqiqat shundaki, ichki siyosiy sabablar yuzasidan Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu ham, G‘azodagi Hamas rahbarlari ham tezkor natija va keng ko‘lamli sulhga erishishni istamayapdi» - dedi

Karim Bitar shuningdek: «Ikkala tomon ham o‘z tanlovlari yuzasidan jiddiy muammolarga duch kelishi mumkin» - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Urush muzokaralarga ta’sir qilyapdimi?

Isroil rasmiylari murosaga tayyor ekanliklarini ifoda etishlariga qaramay, Isroil armiyasi bu hafta 2023 - yilning oktabr oyidan beri quruqlik hujumlaridan asosan himoyalangan G‘azodagi mintaqalarga ko‘proq kira boshladi.

Isroil ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, Dohadagi Hamas muzokarachilari G‘azodagi harbiy yetakchilar bilan Isroilning chekinish xaritalarini tasdiqlash uchun to‘g‘ridan - to‘g‘ri aloqa o‘rnata olishmagan.

Logistik muammolar, qarshilik ko‘rsatish harakatining mavjud bo‘linishlarini yanada kuchaytirmoqda.

Bitar: «G‘azodagi Hamas rahbariyati bilan Dohadagi muzokarachilar o‘rtasidagi tushunmovchilik kuchaymoqda. Bu ham bo‘lsa hal qilinishi murakkab texnik muammolarni tug‘dirmoqda» - dedi.

Londonning King’s College universiteti Yaqin Sharq bo‘yicha tahlilchisi Andreas Krigning fikricha, «Muzokaralar texnik jihatdan davom etmoqda lekin amalda chiqmas yo‘l tomon ketmoqda. Hozirgi taklif asosan yana bir mahbuslar almashinuvi bitimi, haqiqiy sulh bitimi emas» - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Krieg shuningdek: «Hamas ancha ikkilanib qoldi. Chunki bir tomondan Isroildan ayrim imtiyozlarni qo‘lga kiritish bosimi ostida ekan, ikkinchi tomonda borgan sari avj olgan insoniy inqiroz ichida. Bunga qo‘shimcha ravishda rahbariyat siyosiy jihatdan taslim bo‘lmay, qay darajada murosa qilishi mumkinligini ham muhokama qilayotgan bo‘lishi mumkin» - dedi.

Ocharchilik kelishuvga olib keladimi?

G‘azoda 2 million nafardan ortiq inson oziq - ovqat tanqisligiga duch kelmoqda va 100 dan ortiq nodavlat notijorat tashkilot ommaviy ocharchilik ustidan ogohlantirmoqda.

Seshanba kuni G‘azodagi eng yirik shifoxona rahbari, 3 kun ichida 21 nafar bola ochlik va to‘yib ovqatlanmaslik yuzasidan vafot etganini ma’lum qildi.

Krieg, «Insoniy bosim borgan sari ortmoqda. Shunday ekan Hamas, aholi orasida tobora ortib borayotgan umidsizlik tufayli azob - uqubatlarni yengillashtirish niyatida vaqtinchalik kelishuvni qabul qilishga majbur qolishi mumkin» - dedi.

Ammo Hamas imtiyozlar bersa ham, ustunlik Isroilda va butunlay tinchlik faqatgina Isroil istagi bilan o‘rnashi mumkin

Biter so‘zlari yakunida: «AQSh bilan Qatar... Isroil ustidagi bosimni sezilarli darajada oshirmagudek bo‘lsa unda bu muzokaralar ham avvalgilardek muvaffaqiyatsiz tugashidan qo‘rqaman» - dedi.

 

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us