DUNYO
2 daqiqa o'qish
Ukraina Moskvaning keng ko‘lamli havo hujumlariga javob qaytardi
Ukraina tomonidan bugun, 6 - iyun kuni Rossiyaning Belgorod viloyatiga qarshi uyushtiilrgan hujumlari temir yo‘l qatnovini to‘xtatdi va chegaradagi keskinlikni kuchaytirdi.
Ukraina Moskvaning keng ko‘lamli havo hujumlariga javob qaytardi
13 соат олдин

Ukraina Rossiyaning 452 ta insonsiz havo transporti orqali uyushtirgan hujumi ortidan o‘zining insonsiz havo transportlari yordamida Rossiyadagi infratuzilmalarga zarba berdi.

Ukraina tomonidan bugun, 6 - iyun, juma kuni Rossiyaning Belgorod viloyatiga qarshi uyushtiilrgan hujumlari temir yo‘l qatnovini to‘xtatdi va chegaradagi keskinlikni kuchaytirdi. Viloyat gubernatori Vyacheslav Gladkov Telegram orqali bergan bayonotida, hujum tafsilotlari bilan bo‘lishdi.

Gladkovning so‘zlariga ko‘ra, Proxorovskiy tumanida temir yo‘l liniyasi tagiga oldindan joylashtirib qo‘yilgan portlovchi qurilma portlatilib, zaxira lokomotiv yo‘ldan chiqib ketgan.

Gladkov, voqea paytida qurbonlar qayd etilmaganini tasdiqlar ekan temiryo‘lchilar tezda ta’mirlash ishlarini boshlaganini ifoda etdi. Ikki yarim soatlik tanaffusdan keyin transport qayta tiklangan.

Bu hujum Ukraina tomonidan Rossiyaning chegaradosh hududlaridagi infratuzilmani nishonga olgan qator hujumlarining so‘nggisini tashkil etmoqda.

Ayni paytda Ukraina harbiylari Rossiyaning Saratov va Ryazandagi havo bazalariga qarshi tong sahardan oldin berilgan zarbalar bilan bir qatorda yoqilg‘i omborlarini nishonga olgan amaliyotlar uchun ham javobgarchilikni o‘z zimmasiga oldi.

Ukraina Qurolli kuchlari Telegram orqali bergan bayonotida, «Ukraina Mudofaa kuchlari profilaktik zarba berdi. Dushmanning keng koʻlamli hujumi oldidan dushman havo bazalari va boshqa muhim harbiy obʼyektlarga zarba berildi», — degan ifodalarga oʻrin berildi.

Qarorlilik bilan harakat qilishimiz kerak

Ukraina Harbiy - havo kuchlari kechasi bilan Kiyev va boshqa shaharlarni nishonga olgan bombardimon paytida uloqtirilgan 452 ta rus insonsiz havo transporti va raketasidan 406 tasini foydalanishdan chiqarganini ma’lum qildi.

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy hujumni qoraladi va Kremlni bir kechada 400 dan ortiq insonsiz havo transporti va 40 ta raketa uchirishda aybladi.

Zelenskiy xalqaro hamkorlarni Rossiyaga bosimni kuchaytirishga chaqirib, ikkilanish qurbonlar sonini orttirishga olib kelishi va hujumni keskinlashtirishini ta’kidladi.

Zelenskiy ijtimoiy tarmoqdagi postida: «Agar kimdir bosim oʻtkazmasa va urush koʻproq insonlar umriga zomin boʻlishini istasa unda ular bu urushga sherik va javobgardir. Shunday ekan, qarorlilik bilan harakat qilishimiz kerak», - degan ifodalarga oʻrin berdi.

 

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us