Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin, Ukrainaga 15 - maydan boshlab Istanbulda to‘g‘ridan - to‘g‘ri tinchlik muzokaralari o‘tkazish ishlarini takror boshlashni taklif qildi.
Vladimir Putin poytaxt Moskvada bugun uyushtirgan matbuot anjumanida, hech qanday shartsiz Ukraina bilan muzokara o‘tkazishga tayyorligini ifoda etdi.
Ertaga, dushanba kuni Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an bilan telefon orqali muloqot qilishiga ham e’tibor qaratgan Putin unda Ukraina bilan tinchlik yo‘llarini muhokama qilish uchun bir platforma so‘rashini qayd etdi.
So‘zlari davomida:
«Hozirgi paytda urush davom etmoqda va biz muzokaralarni qayta boshlashni taklif qilyapmiz. Chindan ham tinchlikni istaganlar bu tashabbusni qo‘llab - quvvatlaydi». - dedi.
Davlat rahbari, Istanbulda yangi tinchlik kelishuvi muzokarasi olib borilishi mumkinligiga ham e’tibor qaratar ekan:
«Takliflarimiz shunday va qaror Ukraina hokimiyati va ular nazoratchilariga bog‘liqdir», - degan ifodalarga o‘rin berdi.
Eslatib o‘tamiz:
Rossiya bilan Ukraina 2022 - yilning mart oyida Istanbulda muzokaralar o‘tkazgan bo‘lib, bir tinchlik kelishuvi loyihasi ustidan kelishib olgandilar.