Isroil muxolifati yetakchisi Yair Lapid Damashq shahriga qarshi uyushtirilgan Isroil havo hujumlarini «mas’uliyatsiz harakat» deb baholadi.
Lapid seshanba kuni Isroilning KAN milliy teleradiokompaniyasiga bergan bayonotida: «Damashqdagi Prezident saroyiga qarshi uyushtirilgan hujum Suriya hukumatini zaiflashtiradi ammo bu bizning strategik maqsadlarimizga xizmat qilmaydi», - dedi.
«Bu mas’uliyatsiz harakatdir. Yaqin Sharq buni kuzatmoqda va bizning qonunlar talabiga javob bermaganimizga guvoh bo‘lyapdilar», - degan ifodalarga o‘rin berdi.
Lapid AQSh va Yevropaning Suriya barqarorligi uchun kurashayotganiga e’tibor qaratib, Suriya davlatini xavf ostiga qo‘yuvchi qadamlarga qarshi ekanini ifoda etdi.
Eslatib o‘tamiz chorshanba kuni Damashqda Isroil tomonidan amalga oshirilgan hujumlar natijasida kamida uch kishi halok bo‘lar ekan, o‘nlab inson tan jarohati oldi.
Tel - Aviv bu hujumlar Suriyadagi druzlarni himoya qilish maqsadida amalga oshirilayotganini iddao qilmoqda.
Biroq Suriyadagi druzlarning ko‘pchiligi tashqi aralashuvni rad etuvchi mazmunda bayonotlar berib, birlashgan Suriya tarafdori ekanliklarini takrorladi. Eng muhimi, bo‘linish yoki ajralishga qarshi ekanliklarini ta’kidladi.
Xuddi shu kuni Suriya Ichki Ishlar vazirligi janubiy viloyatdagi Suvaydada druz va badaviylardan iborat qurolli guruhlari o‘rtasida kelib chiqqan to‘qnashuvlarda kamida 30 kishi halok bo‘lgani va ortidan sulh ustidan kelishib olinganini tasdiqladi.
Kelishuvga ko‘ra, viloyat markazi to‘liq tarzda markaziy hukumat nazoratiga qayta qo‘shilishi ko‘zda tutilgan.