DUNYO
1 daqiqa o'qish
Idlibdagi o‘q – dori ombori portlashi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi
Idlibdagi o‘q – dori ombori portlashi oqibatida 5 kishi halok bo‘lar ekan, o‘nlab inson tan jarohati oldi.
Idlibdagi o‘q – dori ombori portlashi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi
24 июл 2025

Idlibdagi o‘q – dori ombori portlashi oqibatida 5 kishi halok bo‘lar ekan, o‘nlab inson tan jarohati oldi. Bunga qo‘shimcha ravishda voqea atrofidagi uylar bilan infratuzilmalar jiddiy ziyon ko‘rdi.

Mahalliy manbalarga ko‘ra Suriya shimoli - g‘arbida joylashgan Idlib viloyatidagi o‘q - dori omborida ketma - ket kuchli portlash yuz bergan. Natijada kamida 5 kishi halok bo‘lar ekan, 63 kishi jarohat olgan.

Kafriya qishlog‘ida sodir bo‘lgan hodisada, noma’lum sababga ko‘ra taxminan 15 ta ketma -ket portlash qayd etilgan.

Favqulodda holat xodimlari bir tomondan jarohat olganlarni atrofdagi kasalxonalarga tashir ekan, ikkinchi tomondan haligacha qutqaruv ishlari olib borilmoqda.

Sog‘liqni Saqlash sohasidan ayrim rasmiylarning aytishicha, jarohatlanganlardan ba’zilarining ahvoli og‘ir.

Portlashlar atrofdagi uylar bilan infratuzilmaga jiddiy ziyon yetkazgan. Hodisa joyidan olingan tasvirlarda hudud ustidan tutun bulutlari ko‘tarilgani kuzatilmoqda.

Portlashlar sababini aniqlash uchun tergov ishlari boshlatildi.

 

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us