SIYOSAT
2 daqiqa o'qish
Germaniya: Falastin davlatini tan olish jarayoni hoziroq boshlashi kerak
Germaniya Tashqi ishlar vaziri Iogan Vadeful: «Jarayon Germaniya uchun Falastin davlatini tan olish bilan natijalanishi mumkin ammo bunday jarayon hoziroq boshlashi shart», - dedi.
Germaniya: Falastin davlatini tan olish jarayoni hoziroq boshlashi kerak
31 июл 2025

Germaniya Tashqi Ishlar vaziri Iogan Vadeful Isroil va Falastin hududlariga bo‘lgan tashrifi oldidan matbuotga bergan bayonotida, Falastin davlatini tan olish jarayoni hoziroq boshlashi kerakligini qayd etdi.

Vadeful mavzu haqida, «Germaniya bir tomonlama tashlangan qadamlarga ham javob berishga majbur bo‘ladi» - degan holda jarayonning sharoitlarga qarab tezlashishi mumkinligiga e’tibor qaratdi.

Vadeful muzokaralar orqali erishiladigan va muammoni ikki davlat asosida hal qiluvchi yechimlar ikkala tomonning ham tinchlik, xavfsizlik va qadr - qimmat ichida yashashining yagona yo‘li ekanini ta’kidladi.

Germaniya Tashqi Ishlar vaziri, «Isroil hukumatining ayrim qismlaridan kelayotgan anneksiya tahdidlariga qarshi Yevropa davlatlari ham doxil dunyoning bir necha mamlakati hech qanday muzokarasiz Falastin davlatini tan olishga tayyor. Yaqin Sharq tinchlik jarayoni shu bois burilish nuqtasida turibdi», - dedi.

U Germaniyaning Isroil uchun maxsus mas'uliyati borligini ta'kidlab, bu holat Germaniyaga mutlaqo ta’sir qilishini o‘z so‘ziga ilova etdi.

Vadeful: «Ayni vaqtda Isroil G‘azodagi og'ir vaziyatni darhol, keng ko‘lamli va barqaror ravishda yengillashtirishi kerak. Germaniya azob - uqubatlarni kamaytirishda har qanday yordamni ko‘rsatishga tayyor», - dedi.

U, shuningdek, Germaniya yaqin kunlarda yordam ashyolarini havo orqali tarqatilishida ishtirok etishi va insonparvarlik yordamlarni tashuvchi quruqlik yo‘llarini tashkil etishga harakat qilishini bildirdi.

Vadeful: «Yordam ashyolari aholiga faqatgina quruqlik yo‘llari orqali yetib borishi mumkin. Shu sababli Isroil hukumati, BMT va xalqaro yordam tashkilotlarining mintaqaga xavfsiz raishda kirishi va eng muhimi bemalol yordam tarqatib berilishiga ruxsat berishga chaqiraman», - dedi.

 

 

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us