Prezident Erdo‘g‘an Qurbon hayiti munosabati bilan Armaniston, Indoneziya va Malayziya liderlari bilan telefon orqali muloqot qildi.
Turkiya Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Qurbon hayiti munosabati bilan Armaniston, Indoneziya va Malayziya liderlari bilan telefon orqali muloqot qildi. Unda ikki tomonlama munosabatlar, mintaqadagi va dunyodagi oxirgi vaziyatlar muhokama qilindi.
Kecha Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan tashabbusi bilan telefon orqali bo‘lib o‘tgan muloqotda ikki lider bayram tabriklarini yetkazdi va Turkiya - Armaniston munosabatini baholadi.
Erdo‘g‘an Janubiy Kavkazda har tomonlama normallashuv va Armaniston bilan Ozarbayjon o‘rtasidagi tinchlik muzokaralarining ahamiyatiga e’tibor qaratdi. U, shuningdek, Anqara va Yerevan o‘rtasida davom etayotgan aloqalardan mamnunligini ifoda etdi.
Shu kuni Prezident Erdo‘g‘an Indoneziya Prezidenti Prabovo Subianto va Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim bilan ham telefon orqali alohida – alohida muloqot qildi.
Erdo‘g‘an har ikki uchrashuvda ham Turkiya bilan Janubi - Sharqiy Osiyoning bu ikki davlati o‘rtasidagi mustahkam va o‘sib borayotgan aloqalarga e’tibor qaratar ekan ayniqsa energiya, sog‘liqni saqlash, ta’lim va mudofaa sanoati kabi sohalardagi hamkorlikni ta’kidladi.
Turkiyaning Indoneziya va Malayziya bilan bo‘lgan hamkorligini chuqurlashtirishdagi qat’iyligini yana bir bor ifoda etgan Erdo‘g‘an, hamkasblari bilan hayitlashib, global muammolar oldida musulmon davlatlar o‘rtasidagi birdamlikning ahamiyatini ta’kidladi.