SIYOSAT
4 daqiqa o'qish
Lavrov: Rossiya Ukraina masalasida kelishuvga erishishga tayyor
Sergey Lavrov, Rossiya urushni to‘xtatish uchun Ukraina bilan kelishib olishga tayyorligini qayd etdi.
Lavrov: Rossiya Ukraina masalasida kelishuvga erishishga tayyor
25 апрел 2025

Rossiya Tashqi Ishlar vaziri Sergey Lavrov payshanba kuni bergan bayonotida, Moskva Ukrainada olib borgan urush masalasi ustidan kelishib olishga tayyor ekanini qayd etdi. Lavrovning bu bayonoti AQSh Prezidenti Donald Trampning Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putinni hujumlarni to‘xtatishga chaqirgan bayonoti ortidan qayd etildi. Bu chaqiriq, so‘nggi oylarda Kiyevga qarshi oylab davom etgan va insonlar o‘limiga yo‘l ochgan hujumlar ortidan kamdan - kam uchragan tanqid sifatida e’tiborlarni o‘ziga jalb etdi.

Lavrov «CBS News»ga bergan intervyusida: «Biz kelishuvga tayyormiz lekin haligacha hal qilinishi kerak bo‘lgan ba’zi masalalar bor va hozirda ana shularni hal qilish bilan bandmiz», - dedi.

Trampning maxsus vakili Stiv Vitkoff juma kuni Rossiyaga rasmiy tashrif uyushtirib, Putin bilan o‘q uzishni to‘xtatish masalasini qo‘lga olishi kutilmoqda. Lavrovga ko‘ra muzokaralar jarayoni to‘g‘ri yo‘nalishda ketmoqda va Vashington bilan bo‘lgan muzokaralar davom etishini o‘z so‘ziga ilova etdi.

Yana Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, bu vaziyatning eng asosiy sabablari qo‘lga olinishi zarurligini qabul qilgan dunyodagi yagona lider AQSh Prezidentidir ammo Tramp kelishuv moddalari haqida hech qanday ma’lumot bermaganini ta’kidladi.

Donald Tramp esa payshanba kuni ertalab Kiyevga qarshi uyushtirilgan va kamida 12 kishi umriga zomin bo‘lgan raketa va insonsiz havo vositalari orqali qo‘l urilgan hujumlari ortidan to‘g‘ridan - to‘g‘ri Putinga murojaat qildi. Bu hujumlar Trampning tezlik bilan qon to‘kilishini to‘xtatish sa’y - harakatlariga qaramay Rossiyaning tinch aholini nishonga olgan hujumlaridan biri edi.

Tramp ijtimoiy tarmoqdagi postida, «Rus hujumlaridan mamnun emasman. Bu hujumlar keraksiz va yomon vaqtga to‘g‘ri keldi. Shunday ekan to‘xta, Vladimir!» - dedi. Rossiyani qo‘llab - quvvatlagani iddao etilgan Tramp, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyni ham tez - tez tanqid qilgandi.

«Moskva urushni to‘xtatish bo‘yicha uyushtirilgan muzokaralarda qanday shartlarga ko‘nishi mumkin?» - degan savolga Tramp: «Mamlakatni butunlay bosib olishni to‘xtatish, eng yirik shaxdamq adamdir», - deb javob berdi.

Rossiya 2022 - yili Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli hujum boshlatib, mamlakatni tez kunlarda bosib olishni rejalashtirgandi. Ammo, har ikki tomon uchun ham katta yo‘qotishlar bilan natijalangan qonli urush haligacha davom etmoqda.

Qrim masalasi

Zelenskiy so‘nggi hujumlarning oqibatlari yuzasidan Janubiy Afrikaga bo‘lgan safarini to‘xtatib Kiyevga qaytdi. Mavzu haqida bergan bayonotida, Putinni hech qanday shartsiz otashkesimni yo‘lga qo‘yishga ko‘ndirish uchun Kiyev ittifoqdoshlari o‘z vazifalarini qayd darajada baja olganini surishtirdi.

Tramp urushni to‘xtatgudek bo‘lsa unda buning badallari bo‘lishi mumkinligi masalasi ustidan oldin Moskvani ogohlantirganini yodga solgan Zelenskiy: «Rossiyaga qarshi kuchli bosim yoki yangi sanksiyalar kiritish sa’y - harakati ko‘rmadim», - dedi. Tramp esa chorshanba kuni Zelenskiyni, Rossiyaning Qrim ustidagi haq - huquq iddaolarini rad etish orqali tinchlik sa’y - harakatlariga monelik qilganlikda ayblagandi. AQSh Prezidenti, Qrim, yillar oldin qo‘ldan bo‘y berilgani haqida gapirgandi.

Moskva, Qrim yarimorolini 2014 - yili anneksiya qilib olgandi. Qrim haqida berilgan bir savolga esa: «Hamkorlarimiz taklif qilgan har qanday narsani qilyapmiz; faqatgina qonunchiligimiz va Konstitutsiyamizga zid bo‘lgan narsalarni qila olmaymiz», - dedi.

Bunga qarshi, NATO Bosh kotibi Mark Rutte payshanba kuni muzokaralarda shaxdam qadam tashlashi kerak bo‘lgan Kiyev emas, Moskva ekaniga e’tibor qaratdi. Rutte shuningdek, Tramp bilan Oq uyda amalga oshirgan uchrashuvi ortidan jurnalistlarga bergan intervyusida: «Bundan buyon navbat ochiq - oydin Rossiyadadir», - dedi.

Vayronalar ostidan chiqarilganlar

Rossiya chorshanba kuni kechasi, payshanba kuni esa ertalab Ukrainaga qarshi kamida 70 ta raketa va 145 ta insonsiz havo vositasi orqali hujum uyushtirdi. Ukraina havo kuchlariga ko‘ra bu hujumlar asosan Kiyevni nishonga oldi.

Ukraina davlat favqulodda xizmatlari, «Soat 17:30 (14:30 GMT) holatiga ko‘ra Kiyevning Sviatoshinskiy tumanida halok bo‘lganlar soni 12 nafarga, tan jarohati olganlar soni esa 90 nafarga yetdi» - dedi. Tashkilot shuningdek, Rossiyaning raketa yoqilg‘isi bilan porox ishlab chiqaruvchi zavodlari ham doxil Ukrainaning mudofaa sanoatini nishonga olganini qayd etdi.

Lavrov, «CBS News» - ning hujumlar haqida bergan savoliga: «Faqatgina harbiy obyektlar yoki harbiy maqsadlarda foydalanilgan tinch aholi turar joylarini nishonga olyapmiz. Agar ular Ukraina harbiylari tomonidan foydalanilgan bo‘lsa unda Mudofaa vazirligi bilan maydondagi qo‘mondonlar uni nishonga olish huquqiga egalar», - deya gapirdi.

Ukraina Rossiya tomonidan 3 yildan beri davom etgan hujumlariga maruz qoldi ammo havo mudofaasi boshqa shaharlarga qaraganda yana - da kuchliroq bo‘lgani bois poytaxt Kiyevni nishonga olgan hujumlar ko‘p emas.

Ukraina lideri Zelenskiy Rossiya hujumlarida Shimoliy Koreyada ishlab chiqarilgan ballistik raketadan foydalanilganiga e’tibor qaratdi. Kiyevda yashagan 33 yoshli advokat Olena Davidyuk, «AFP»ga bergan intervyusida derazalar sinib, eshiklar ilgaklaridan chiqib ketganiga guvoh bo‘lganini ifoda etgan holda, «Insonlar vayrona ostidan chiqarilyotgan edi», - dedi.

Zelenskiy Kiyev hujumlari ortidan, rus kuchlari payshanba kuni Ukraina mavzelariga qarshi ham hujum uyushtirganini qayd etdi. Zelenskiy «X» platformasidagi postida, «Qurolli kuchlarimizning ko‘pchiligi raketa va insonsiz havo vositalari orqali uyushtirilgan hujumlardan o‘zlarini himoya qilishga urinar ekan, ruslar quruqlik hujumlarini kuchaytirdi», - dedi.

 

 

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us