TURKIYA
3 daqiqa o'qish
Erdo‘g‘an: Turkiya Kipr muammosining ikki davlat asosida hal qilinishini qo‘llab - quvvatlaydi
Prezident Erdogan Shimoliy Kipr Turk Respublikasiga uyushtirgan tashrifi ortidan Kipr turk xalqining teng huquq va maqomga ega ekanini ta'kidlar ekan Suriyaning hududiy yaxlitligining ahamiyatiga e'tibor qaratdi.
Erdo‘g‘an: Turkiya Kipr muammosining ikki davlat asosida hal qilinishini qo‘llab - quvvatlaydi
5 май 2025

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘anning ta’kidlashicha, Turkiya kafil davlat sifatida Kipr turklari va Shimoliy Kipr Turk Respublikasini har doim qo‘llab - quvvatlaydi.

Shanba kuni bir kunlik rasmiy tashrif bilan Shimoliy Kipr Turk Respublikasida bo‘lib qaytgan Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an yurtga qaytar chog‘ida jurnalistlar savoliga javob berdi va unda: «Kipr turk xalqi orolning teng huquqli sherigi sifatida ertami kechmi o‘zining mustaqil tengligi va teng xalqaro maqomini ro‘yhatdan o‘tkazadi. Shunday ekan Ersin Tatar o‘rtaga qo‘ygan ikki davlat asosidagi yechim yo‘lini bor kuchimiz bilan qo‘llab - quvvatlashni davom etamiz», - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti himoyasi ostida 17 - 18 mart kunlari Jenevada tashkil etilgan norasmiy va keng ishtirokli yig‘ilishga e’tibor qaratgan Erdo‘g‘an Turkiyaning samimiy istagi adolatli, doimiy, barqaror va realistik yechim ekanini ifoda etdi. So‘zlari davomida: «Orolda ikki xalq va ikki davlat borligi haqidagi haqiqatni hamma anglab yetishi shart», - dedi.

Yuz bergan oxirgi voqealar yuzasidan bu haqiqatni ko‘rmaslikka olish imkonsiz ekanini qayd etgan Prezident, «Ona vatan va kafil davlat sifatida Kipr turklari va Kipr turklarining mustaqil davlati bo‘lgan Shimoliy Kipr Turk Respublikasini qo‘llab - quvvatlashni davom etamiz», - deya gapirdi.

Ig‘vogar tusdagi bayonotlar va yangi anti - Turkiya terror guruhi iddaolari

Kiprdagi turk aholisini nishonga olgan grek pravoslav cherkovining arxiepiskopi bayonotlariga to‘xtalgan Erdo‘g‘an, «Kiprda tinchlik tilini buzib, kelajak avlodlar umrini xavf ostiga qo‘yadigan har qanday bayonotni keskin qoralayman», - dedi.

Janubiy Kiprning grek qismi boshqaruvida EOKA terror tashkilotiga o‘xshash yangi anti -Turkiya terror guruhi tashkil topgani haqidagi savolga javob bergan Erdo‘g‘an: «Orol tinchligini buzadigan, nozik jihatlarini qo‘zg‘atadigan, tartibsizlik chiqarish payida bo‘lganlarga ham yo‘l qo‘ymaymiz», - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Kipr turklarining haq - huquqlarini ko‘rmaslikka olganlar yoki terrorga yordam berganlar qilgan ishlari uchun Turkiyaga javob berishini ta’kidlagan Erdo‘g‘an, «Keskinlikni oshiradigan bayonotlar berish o‘rniga konstruktiv va birlashtiruvchi tusdagi tildan foydalanilishi Orol kelajagi uchun yana - da foydaliroqdir», - deya gapirdi.

Isroil xalqaro huquq oldidagi eng yirik xavfdir

G‘azoga insoniy yordam olib ketayotgan kemalardan biriga Malta qirg‘og‘idan uzoq nuqtada Isroil tomonidan insonsiz havo transporti orqali uyushtirilgan hujum haqida ham gapirgan Erdo‘g‘an: «Isroil, xalqaro huquq oldidagi eng yirik xavfdir. Xalqaro huquqni buzishni odatga aylantirib oldilar», - dedi.

So‘zlari davomida esa kemalar, qonun asosida insoniy yordam olib ketayotgani va bu holat hammaga oshkor bo‘lishiga qaramay Isroilning hujum qilishi «tom ma’noda bosqinchilik, qaroqchilikdir» - degan prezident mazkur holatni: «Isroil, bombalar va og‘ir qurollar orqali erisholmaganlarini, falastinliklarga atalgan oziq - ovqat va dori – darmonlarga monelik qilish orqali erishmoqchi bo‘lyapti», - degan ifodalar bilan ochiqladi.  

Isroil harakatlari oldida butun dunyo jimjirt o‘tirishni to‘xtatishi kerakligini ta’kidlagan Erdo‘g‘an: «Dunyo Isroildan buyukdir. Shunday ekan bu xususiyatning haqqi berilishi lozim va dunyoni yoqib yuborishga uringan bu olov to‘pi o‘chirilishi shart», - deya gapirdi.

Isroilning Suriyaga qarshi uyushtirgan hujumlari

Kiprdan qaytish yo‘lida Isroilning Suriyaga qarshi uyuhtirgan hujumlari va mamlakatni beqarorlashtirish sa’y – harakatlarini ham unutmagan Erdo‘g‘an tinchlik va osoyishtalik iqlimi Isroilning oxirgi istagi ekanini ta’kidladi. So‘zlari davomida esa, «Suriyada uzoq yillardan beri davom etib kelayotgan ichki urush tugaganidan, Suriya xalqi o‘z kelajagini o‘zi shakllantirishidan, birlik va yaxlitlik shamolidan Isroil bezovta bo‘lgandir», - dedi.

Isroil Suriyada yangi urush boshlatish uchun ma’lum guruhlarni gijgijlashga harakat qilganini ifoda etar ekan Turkiyaning mintaqadagi kuchi va diplomatik yutuqlari bir tomondan Isroilni bezovta qilsa, ikkinchi tomondan esa uning tajovuzkor munosabatlarini ham qo‘zgab qo‘yganini ifoda etdi.

«Hamma, birlik va hududiy yaxlitlikka asoslangan yangi Suriyani qurishga harakat qilishi kerak. Shunday ekan Turkiya, Suriyaning yangi urush maydoniga aylanishiga yo‘l qo‘ymaydi», - dedi Prezident Erdo‘g‘an.

 

 

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us