TURKIYA
2 daqiqa o'qish
Turkiya Gretsiyaning «Pontus» iddaolarini «hayoliy» deb baholadi
Turkiya Respublikasi Tashqi Ishlar vazirligi grek rasmiylarining tarixiy haqiqatlarga aslo to‘g‘ri kelmaydigan, asossiz «Pontus» iddaolarini qoraladi.
Turkiya Gretsiyaning «Pontus» iddaolarini «hayoliy» deb baholadi
21 соат олдин

Turkiya, grek rasmiylarining asossiz «Pontus» iddaolari haqidagi bayonotlarini qoraladi.

Tashqi Ishlar vazirligi kecha, 19 – may kuni, grek rasmiylarining tarixiy haqiqatlarga aslo to‘g‘ri kelmaydigan, asossiz «Pontus» iddaolarini qoraladi.  

Vazirlik bunday asossiz iddaolarni rad etdi va ularning 1919 - yilning 19 – mayi kuni ulug‘ yo‘l boshchi G‘oziy Mustafa Kemal Ataturk rahbarligida boshlatilgan Ozodlik kurashini nohaq ravishda yomonlashni maqsad qilganiga e’tibor qaratdi.

Anqara Gretsiyani o‘tmishni teskaridan o‘qishga urinishda ayblab, nomi tilga olingan iddaolarning hech qanday kuchi yo‘qligini ta’kidladi.

Vazirlik o‘z so‘zida, grek armiyasi o‘sha davrdagi imperialastik kuchlar yordamida Anado‘luni bosib olgani va kamiga son - sanoqsiz zulmga qo‘l urgani; nomi tilga olingan voqealarning hammasi esa tarixiy haqiqat ekanini qayd etdi.  

Vazirlik shuningdek, grek zulmlari Ittifoqchi davlatlarning tergov komissiyasi hisobotlariga aks etgani va Lozanna Tinchlik shartnomasining 59 - moddasida ham qayd etilgani; Gretsiya urush qonunlarini buzgani uchun tovon to‘lashga ham mahkum qilinganini o‘z so‘ziga ilova etdi.

Bayonotda, 19 - asr oxirlarida Gretsiyaning Anado‘lu hududlari ustidagi «Megali Idea» amallarining davomi sifatida paydo bo‘lgan «Pontuschilik faoliyatlari» turk millatining qat’iy kurashi natijasida bir umrga yer bilan yakson qilingani ta’kidlandi.

Vazirlik grek rasmiylarini turk va grek xalqining mubodalasi bilan natijalangan tarixiy voqealardan populistik maqsadlarda foydalanish siyosatidan voz kechishga chaqirdi va 1821 - yildagi Tripolicha qirg‘inidan boshlab, turklar bilan bir qatorda yana boshqa etnik guruhlarga qarshi qo‘l urilgan vahshiy jinoyatlarini yod etishlarini talab qildi.

Vazirlik, oxirgi yillarda ijobiy tusda jadal ravishda rivojlanib borayotgan munosabatlarga ziyon yetkazishni ko‘zlagan bunday tashabbuslar bas qilinishi kerakligini bildirdi.



 

 

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us