Rossiya bilan Ukraina bir - biriga qarshi havodan hujum uyushtirishni davom etdi va rasmiylarning ma’lum qilishicha nomi tilga olingan hujumlar oqibatida tan jarohati olganlar bor. Uch yildan beri davom etayotgan urushni to‘xtatish uchun taklif qilingan otashkesim taqdiri esa hali hanuz noaniq.
Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin payshanba kuni AQShning Ukraina bilan 30 kunlik sulh taklifini prinsipial jihatdan qo‘llab - quvvatlashini bildirdi. Ammo uning kuchlari bir necha muhim shartlar bajarilmaguncha jangni davom ettirishini ta’kidladi.
Shundan so‘ng, har ikki tomon ham og‘ir havo hujumlari uyushtirdi. Rossiya esa g‘arbdagi Ukraina kuchlarini bir necha oydan beri turgan joylaridan chiqarish uchun urush maydoniga yana – da yaqinlasha boshladi.
Rossiya mudofaa vazirligi yakshanba kuni o‘zining havo mudofaa bo‘linmalari Rossiya hududi bo‘ylab jami 31 ta Ukraina dronini yo‘q qilgani haqida ma’lumot bo‘lishdi.
Mudofaa vazirligi Telegram orqali bergan bayonotida ulardan 16 tasi Voronej viloyati ustida, 9 tasi Belgorod viloyati hududida, qolganlari esa Rostov va Kursk viloyatlari ustida urib tushirilganini ma’lum qildi.
Ukrainaning Belgorod viloyati chegara hududida uyushtirilgan dron hujumida esa, uch kishi tan jarohati olgan va ulardan biri yosh bola bo‘lgan. Bu haqida mintaqa gubernatori Vyacheslav Gladkov, Telegram orqali ma’lumot bergan.
Ukraina Favqulodda vaziyat yetakchiligi xodimlarining qayd etishicha, mamlakat hududida bir necha Rossiya droni hujumlari aniqlangan. Ulardan biri shimoldagi Chernihiv viloyatida qayd etilgan. Ma’lum qilinishicha, o‘t o‘chiruvchilar Rossiyaning dron hujumlari yuzasidan ko‘p qavatli binolardan birida kelib chiqqan yong‘inni o‘chirishga uringan.
Ukraina ommaviy axborot vositalari, Ukraina harbiy – havo kuchlari poytaxt Kiyev va atrofidagi markaziy hududlarda bir qator portlash xavfi borligi haqida ogohlantirgani; ortidan esa, poytaxt Kiyev atrofida bir qator portlashlar yuz bergani haqida ma’lumot bo‘lishdi.
Yakshanba kuni kunduzi soat 3:00 dan e’tiboran, Kiyevdagi portlash oqibati haqida hech qanday ma’lumot berilmadi.