Juma kuni Myanmaning markaziy hududida sodir bo‘lgan yer silkinishida, Htet Min Oo, Ramazon hayiti namozi oldidan Mandalaydagi uyining yonidagi jome’ masjidida tahorat olayotgan edi.
Voqea paytida uning uyi bilan jome’ masjidining bir qismi quladi va devor ikki nafar xolasini bosib qoldi. Mahalla aholisining qayd etishicha, Htet Min Oo, ikkala xolasini ham qutqarishga harakat qilgan ammo ulardan biri allaqchon jon bergan edi.
Htet Min Ooning yuqorida nomi tilga olingan xolasidan tashqari ikki nafar amakisi bilan buvisi ham beton qoldiqlari ostida qolib ketgan. Kerakli jihoz yo‘qligi tufayli, u vayronagarchiliklarni o‘z qo‘llari bilan olib tashlashga uringan ammo natija ola olmagan.
“Ular tirikmi yoki yo‘q bilmayman. Bu qadar uzoq vaqt o‘tganidan keyin, to‘g‘risini aytsam umidim qolmadi. Vayronalar juda ko‘p va hech qanday qutqaruv guruhi bizga yetib kelmadi”, - dedi ko‘z yoshlari bilan ovozi titrab gapirgan Htet Min Oo.
Muqaddas Ramazon oyida juma namozi o‘qish uchun jome’ masjidlarida yig‘ilgan yuzlab musulmon yer silkinishi paytida halok bo‘lgani taxmin qilinmoqda.
Milliy Birlik Hukumati ma’lumotlariga ko‘ra, 50 dan ortiq jome’ masjidi ziyon ko‘rgan.
Ortda qolganlar
Mandalay viloyati aholisidan 39 yoshli ammo ismi - sharifini yashirin tutishni istagan bir kishi Sule Kone qishlog‘ida yiqilgan bir jome’ masjidining vayronalari ostida qolib ketgan bir kishini qutqarishga harakat qilgan ammo takroriy silkinishlar yuzasidan qochishga majbur bo‘lgan.
U mavzu haqida: “Men uni qoldirib ketishga majbur bo‘ldim... Ikkinchi marta ichkariga kirganimda uni qutqarishga harakat qildim”, - dedi.
Yana xuddi shu kishi o‘z qo‘llari bilan to‘rt kishini vayrona ostidan olib chiqqan ammo ularning uchtasi allaqachon vafot etgan edi. Ulardan biri esa yana shu kishining qo‘llarida jon bergan.
Nomi tilga olingan qishloqda 3 ta jome’ masjidining yiqilishi oqibatida 23 kishi halok bo‘lgani va o‘zi haqida to‘liq ma’lumot berishni istamagan yuqoridagi shaxsning mahallasida esa 10 kishi jon bergani aniqlandi. Qayd etilishicha, davlat tomonidan kiritilgan cheklovlar tufayli voqea yuz bergunga qadar jome’ masjidlarini mustahkamlash ishlarini olib borish imkoni bo‘lmagan.
Myanmadagi musulmonlar bosim ostida
Asosan buddistlar yashagan Myanmada musulmonlar anchadan beri muxoliflashtirilar ekan, o‘ta milliyatchi guruhlar bilan ekstremist rohiblar tomonidan zo‘ravonlikka uchrayotgan edi.
Myanma hukumati o‘nlab yillardan beri musulmonlarning yangi jome’ masjidi qurish yoki mavjud jome’ masjidlarini qayta tiklashiga ruxsat bermayotgan edi. AQSh Davlat departamentining 2017 - yilgi hisobotiga ko‘ra, uzoq yillardan beri tarixiy jome’ masjidlarini ta’mirlashga ruxsat berilmagani bois ular yomon ahvolda qolgan.
Yer silkinishi buddist binolariga ham jiddiy ziyon yetkazdi. Harbiy hukumat ma’lumotlariga ko‘ra 670 ta monastir bilan 290 ta pagoda ziyon ko‘rgan ammo ular o‘z hisobotida jome’ masjidlariga umuman to‘xtalmagan. Boshqacha qilib aytganda jome’ masjidlarining ahvoli haqida hech qanday ma’lumot bermagan.
Julian Kyle ismli bir kishi ijtimoiy tarmoqlarda, og‘ir beton bloklarini olib tashlash uchun og‘ir texnika so‘rab murojaat qildi.
“Vayronalar ostida mening oila a’zolarim va boshqalar ezilib, hayotdan ko‘z yumdi”, - deb yozdi u. “Ularning jasadlarini olib chiqish uchun chorasiz kutib o‘tiribmiz”, - dedi so‘zlari davomida.
Taungnoo shahri aholisidan biri esa, taxminan 370 km uzoqlikda joylashgan “Kandav” nomidagi jome’ masjidining bir tomoni cho‘kishi oqibatida, uning oldida o‘tirgan ikki qator insonni bosib qolgani, ularning ba’zilari shaxsining ko‘zlari oldida jon bergani va bundan qattiq azobda ekanini ifoda etdi.