Germaniya iqtisodiyot va energetika vazirining qayd etishicha, takror Rossiya gazidan foydalanish uchun Nord Stream gaz quvirlarini qayta tiklash masalasi ustidan muzokara o‘tkazish butunlay no‘to‘g‘ridir.
Nord Stream quvur liniyalari Rossiya gazini Yevropaga yetkazib berish uchun eng katta imkoniyatga ega yo‘nalish hisoblanadi.
Nord Stream 1 loyihasi orqali 2011 – yildan 2022 – yilga qadar gaz yetkazib berildi.
Roppa – rosa 11 milliard dollarlik Nord Stream 2 loyihasi 2021 – yili tamomlandi ammo Germaniya, Rossiyaning Ukrainadagi urushidan oldin loyihani to‘xtatgani uchun ishga tushirilmadi.
Dushanba kuni Boltiq dengizidagi quvir liniyalarini qayta tiklash ehtimoli haqida so‘ralganida, Robert Habeck hozircha bunday imkoniyat yo‘qligini ifoda etgan.
«Ukrainaliklar haligacha Rossiya hujumlari ostida. Shu bois Nord Stream 2 yoki Nord Stream 1 loyihasini ta’mirlanishi haqida gap yuritish to‘g‘ri emasdir». – dedi Habeck, Bryusselda jurnalistlarga bergan bayonotida.
Quvurlarni portlatish
2022 - yilning sentabr oyida Nord Stream 2 loyihasining ikki liniyasidan biri noma’lum sabablar yuzasidan portladi. Undan ham Nord Stream 1, ham Nord Stream 2 loyihasi ziyon ko‘rdi.
Bu voqeani hech kim o‘z bo‘yniga olmadi ammo Germaniya olib borgan tergov natijalariga ko‘ra mazkur hujumga ukrainalik g‘avvoslar aralashgan.
Germaniya o‘nlab yillar davomida Rossiya gaziga qaram edi ammo Ukraina urushidan keyin Norvegiya uning eng yirik yetkazib beruvchisiga aylandi.
Moskva 2022 – yili Yevropaga gaz yetkazib berishni to‘xtatdi ammo bu orqali qit’ada gaz narxlarining rekord darajada ko‘tarilishiga yo‘l ochdi.
Habeck, Germaniyaning ehtimoliy yangi hukumati Yevropaning Rossiya energiyasiga bo‘lgan qaramliligi haqida oldindan bilganlarini unutishidan xavotirda ekanini ifoda etdi.
«Germaniyaning Rossiyadan kelgan gazga bo‘lgan qaramliligini Sotsial - demokratlar va Konservativ partiya yaratdi. Eng yomoni buni o‘z xohishlari bilan amalga oshirdilar». – dedi.
«2022 - yili olgan saboqlarimiz ... unutilishidan xavotirdaman».
Konservativ Xristian - demokratik va Xristian - sotsialistik ittifoq (XDI/XSI), Germaniyaning keyingi hukumatini shakllantirish uchun koalitsiya muzokaralarini boshlatdi.
Donald Trampning Oq uyga qaytishi Rossiyaning Gazprom kompaniyasining aksiya narxini tiklashiga yordam berdi. Chunki, Ukraina tinchlik shartnomasi yordamida Yevropaga takror gaz eksporti yo‘lga qo‘yilishi mumkin edi». – deydi Alpha Bank o‘tgan oydagi bayonotida.
«Financial Times» gazetasi tarqatgan ma’lumotga ko‘ra anchadan beri Putinning yonida bo‘lganlardan biri, sarmoyachilar, Nord Stream 2 loyihasini qayta ishga tushirishlari uchun AQShni ko‘ndirishga urinmoqda.
Germaniya hukumati Rossiyadan energiya sotib olishdan butunlay voz kechish borasidagi qarorliligi davom etayotganini ifoda etdi.