DUNYO
3 daqiqa o'qish
Myanma armiyasining havo hujumlari 12 kishi umriga zomin bo‘ldi
Myanma armiyasi, 2021 - yildagi davlat to‘ntarishi orqali hokimiyatni qo‘lga olgan va bu holat mamlakatda ichki urush kelib chiqishiga yo‘l ochgan.
Myanma armiyasining havo hujumlari 12 kishi umriga zomin bo‘ldi
/ AP
16 март 2025

Myanmada harbiy guruh tomonidan to‘ntarishiga qarshi kurashayotgan jangarilar nazoratidagi bir qishloqqa qarshi uyushtirilgan havo hujumida kamida 12 kishi halok bo‘ldi. Mahalliy ma’muriyat vakilining aytishicha, bombardimon asosan tinch aholi yashaydigan hududlarni nishonga olgan.

Myanmar armiyasi, 2021 - yildagi davlat to‘ntarishi orqali hokimiyatni qo‘lga olgan va bu holat mamlakatda ichki urush kelib chiqishiga yo‘l ochgan. Tahlilchilarning fikricha, qiyin ahvoldagi harbiy guruh tinch aholini nishonga olgan havo hujumlarini tobora orttirgan.

Juma kuni tushdan keyin qo‘l urilgan hujum, mamlakatning ikkinchi yirik shari Mandalaydan 60 kilometr (40 mil) shimolda joylashgan Letpanhla qishlog‘ini nishonga oldi.

Ushbu qishloq Singu tumani hududida joylashgan bo‘lib, u, harbiy hukumat 4 yil oldin tinch aholi hukumatini to‘ntarishi ortidan qurollangan To‘ntarishga qarshi xalq mudofaa kuchlari tomonidan nazorat qilinadi.

«Bombalar insonlar turgan maydonlarga tashlangani bois ko‘pchilik jon berdi. Bu voqea, insonlar bozorga borgan paytda yuz berdi. Hozir ham ro‘yhat tuzyapmiz va 12 kishi jon berganini aniqladik». – dedi shanba kuni kim ekanini yashirin tutgan mahalliy boshqaruv vakillaridan biri.

Harbiy guruh a’zolaridan biri topilmadi va halok bo‘lganlar soni mustaqil ravishda tasdiqlanmadi. Mahalliy To‘ntarishga qarshi xalq mudofaa kuchlari esa 27 kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi.

Yig‘i ovozlari

Myint Soe – guvoh va 62 yoshida. Bombardimon paytida yashirinishga uringani haqida gapirdi.

Bu borada: «Men yashirinayotganimda katta portlash ovozlarini eshitdim. Tashqariga chiqqanimda esa bozor hududi yonayotganiga guvoh bo‘ldim. Keyin esa, uydek ko‘ringan binolar bilan restoranlardan biri olov ichida qolib ketdi. Harbiy bo‘lmagan kiyim – kechak kiygan insonlar bilan kamuflyaj formasi kiygan insonlar suv orqali olovlarni o‘chirishga urindilar. Boshi qonagan va yarasi bor bir bolaning jonsiz badani To‘ntarishga qarshi xalq mudofaa kuchlari emblemasi bor kiyim kiygan bir inson tomonidan tez yordam mashinasiga joylashtirildi. Ko‘pchilik osmonga qarayotganida, yig‘i ovozlari eshitildi». – deya gapirdi.

Myanma hududi endilikda xunta va tezkor harakat kuchlari, etnik qurolli guruhlar va to‘ntarishga qarshi xalq mudofaa kuchlari tomonidan nazorat qilinmoda.

Tinch aholiga qarshi uyushtirilgan harbiy havo hujumlarining soni, ichki urush paytida har yili ortib bormoqda. Qurolli mojarolar o‘rni va voqealar haqidagi ma’lumot (ACLED) hisobotiga ko‘ra, 2024 – yili deyarli 600 marotaba havodan hujum uyushtirilgan.

Bu ko‘rsatkich 2023 - yilga nisbatan uch barobarga ko‘p va ACLED taxminlariga ko‘ra, xunta kuchlari maydonda ortgan harbiy bosim yuzasidan havo hujumlarini orttirishi mumkin.

«Harbiylar, muxolifat yordamini zaiflatish va ular kayfiyatini buzish maqsadida hujumlarini tinch aholi yashagan hududlarda davom etadi», - dedi dekabr oyidagi hisobotda.

Xunta, 2023 - yil oxirida qurolli etnik guruhlar ittifoqi tomonidan qo‘l urilgan hujumlar yuzasidan jiddiy yo‘qotishlarga uchradi.

Ammo tahlilchilarning fikricha, rus texnik yordami bilan ishlayotgan Myanma harbiy - havo kuchlari asosan chegaradosh hududlarda joylashgan muxolif kuchlarga qarshi kurashda muhim rol o‘ynagan.

Hozirda 3,5 million nafardan ortiq fuqaro o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lgan va aholining yarmi qashshoqlikda yashamoqda.

 

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us