DUNYO
2 daqiqa o'qish
Isroil askarlari Livan janubiga kirdi
Isroil askarlari Livan janubiga kirdi va uylarni tintuv qilib, mahalliy aholi bilan suriyalik ishchilarni so‘roq qildi.
Isroil askarlari Livan janubiga kirdi
24 июл 2025

Isroilga oid taxminan 20 nafar askar Marjayun hududidagi al - Mari vodiysiga kirib, ba’zi uylarda tintuv o‘tkazdi. Askarlar nazorat ostiga olingan suriyalik 2 kishini ko‘p o‘tmay chegara chizig‘iga yaqin joyda ozod qildilar.

Livanning NNA davlat axborot agentligi chorshanba kuni ertalab Isroil harbiy bo‘linmasi Livan janubiga o‘tib bir nechta uyda tintuv o‘tkazgani, mahalliy aholi va suriyalik ishchilarni so‘roq qilganini ma’lum qildi.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra taxminan 20 nafar isroillik piyoda askar chegara shaharchasi al - Abbosiy etaklaridan Marjayun hududidagi al - Mari vodiysidagi Reyxana Berri hududi tomon yo‘l oldi.

Askarlar ham insonlar yashagan hamda tark etilgan uylarda tintuv o‘tkazib, livanlik fuqarolar bilan suriyalik ishchilarni so‘roq qildilar. Nazorat ostiga olingan ikki nafar erkak kishi, keyinchalik chegara yaqinida ozod etildi.

Bundan tashqari, xabarda Isroilning uchta insonsiz havo transporti Nebatiya hududidagi Froun, Kefr Shuba, Sir al - Gharbiye, Kaaakayet al - Jisr, Yoxmor va Arnun kabi ko‘plab janub shaharchalari ustida doira shaklida juda past balandlikda parvoz qilgani bildirildi.

Yana bir insonsiz havo transporti esa chorshanba kuni ertalab Nabatiyadagi Zaxrani hududida joylashgan Babliya, al - Lubiya, Saksakiya va Ansariya shaharchalari ustida past balandlikda uchayotgani kuzatildi.

Xavf ostidagi otashkesim

Isroil bilan Livandagi Hizbulloh o‘rtasidagi davom etgan to‘qnashuvlar 2024 - yilning sentabr oyida to‘liq urushga aylandi.

Noyabr oyida otashkesim yo‘lga qo‘yildi, Isroil kuchlari Hizbulloh faoliyatlarini nishonga olayotganini iddao etgan holda Livan janubiga deyarli har kuni hujum qilishda davom etmoqda.

Livan rasmiylari Isroil taxminan 3000 marta otashkesim shartlarini buzgani va bu hujumda kamida 258 kishi halok bo‘lgani, 562 nafardan ortiq inson tan jarohati olganini ma’lum qildi.

Otashkesim doirasida Isroil joriy yilning 26 – yanvariga qadar Livan janubidan butunlay chiqib ketishi kerak edi ammo Tel - Avivning chekinishdan bosh tortishi tufayli bu muddat 18 - fevralga uzaytirildi. Shunga qaramay Isroil hali ham 5 ta chegara postida harbiy o‘rnini saqlab kelmoqda.

AQSh elchisi Tom Barrak esa dushanba kuni bergan bayonotida, otashkesim kelishuvi hech qanday foyda bermaganini ta’kidladi.

 

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us