Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan, Turkiyaning eng muhim strategik maqsadlaridan biri Eron bilan Isroil o‘rtasidagi mavjud kelishuvning davom etishini ta’minlash va mintaqada doimiy tinchlikka tahdid solish ehtimoli bo‘lgan vaziyatlar oldini olish ekanini qayd etdi.
Hakan Fidan dushanba kuni Buyuk Britaniya Tashqi Ishlar vaziri David Lammy bilan Anqarada bo‘lib o‘tgan uchrashuvi ortidan bayonot berdi va unda Anqara bilan London ko‘plab muhim mavzularda mushtarak maqsadlarga ega ikki strategik hamkor ekanini ifoda etdi.
Shuningdek:
«Yevropa ittifoqi tarkibida bo‘lmagan ammo Yevropa bilan mustahkam aloqalarga ega boʻlgan NATOga aʼzo davlatlarmiz. Ikki o‘lka o‘rtasida iqtisodiy, mudofaa va texnologiya kabi sohalarda kuchli hamkorlik bor. Tashqi savdo hajmimiz bugungi kunda 30 milliard (dollar)ga yaqinlashmoqda», - degan ifodalarga o‘rin berdi.
Erkin savdo shartnomasini yangilash
«Bu so‘nggi yillarda biz qat’iy qaror bilan kuzatayotgan muhim maqsadlarimizdan biridir», - dedi Hakan Fidan.
Har ikki davlat ham bu borada muhim shaxdam qadamlar tashlaganiga e’tibor qaratgan Fidan, joriy Erkin savdo shartnomasi yangilanishi savdo va sarmoya imkoniyatlariga yo‘l ochish uchun hayotiy ahamiyatga ega ekanini ifoda etdi.
Mudofaa sohasida davom etayotgan ishlarga ham e’tibor qaratgan Hakan Fidan, «Mudofaa sanoatidagi hamkorligimiz juda yaxshi davom etmoqda», - dedi.
«Eurofighter sotib olishdan tortib boshqa sohalardagi mushtarak faoliyatlarimizga qadar bu borada firmalarimiz, tegishli muassasalarimiz yaxshi ishlamoqda», - deb qo‘shimcha qildi.
Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan ikki davlatning tashqi siyosiy ko‘z qarashi G‘azodagi urush, Suriya, Eron, Iroq va Rossiya - Ukraina urushi kabi ko‘plab global mavzularda bir - biriga mos kelishini bildirib, Moskva bilan Kiyev o‘rtasidagi otashkesimni qo‘llab – quvvatlashini o‘z so‘ziga ilova etdi.
Eron – Isroil masalasi
Eron - Isroil urushiga ham to‘xtalgan Fidan, «Eron bilan Isroil o‘rtasida erishilgan kelishuvni saqlab qolish va otashkesimni buzmaslik va uni butunlay tinchlikka aylantirish, bugungi kundagi eng buyuk strategik maqsadlarimizdan biridir», - dedi.
«Boshqa tomondan G‘azodagi fojiani imkon qadar tezroq to‘xtatish, sulh bitimini imzolash va bu masalani ikki davlat asosida hal qilish biz uchun muhimdir», - deya gapirdi.
Hakan Fidan, shuningdek, Britaniyaning Suriyaga nisbatan yo‘lga qo‘ygan sanksiyalarini bekor qilish haqidagi qarori uchun Lammyga minnatdorchilik bildirdi.
«O‘zlari ham yaqinda Suriyaga borishlarini aytdilar. Bu biz uchun haqiqatdan ham muhim hamkorlik sohasidir», - dedi va Suriyadagi barqarorlik va xavfsizlik nafaqat mintaqa, balki butun jahon hamjamiyatiga foyda keltirishini ta’kidladi.
So‘zlarini, «Biz bu masalada birgalikda faoliyat yuritishni davom etamiz», - deya tamomladi.
Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an ham Anqaradagi Prezidentlik kulliyasida Lammyni qabul qildi.