Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) rasmiylari, Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putinning o‘tgan hafta oxirida Ukraina insonsiz havo transportlari orqali amalga oshirilgan hujumlarga hali hanuz to‘liq javob bermagani va yaqinda ko‘p qirrali va buyuk hujum uyushtirilishiga ishonchi komil ekanini qayd etmoqda.
AQSh rasmiylaridan biri, Rossiyaning to‘liq qachon javob berishi hozircha noma’lum ekani ammo buning bir necha kun ichida yuz berishi mumkinligini qayd etdi. AQSh rasmiylaridan boshqa biri esa, nomi tilga olingan javob tariqasidagi hujum raketalar va insonsiz havo tranpostlari orqali amalga oshirilishiga e’tibor qaratdi.
Shaxslarining yashirin tutilishini istagan holda bayonot bergan ameriklik rasmiylar, Rossiya nomi tilga olingan rejada qayerlarni nishonga olishi va razvedka borasida hech qanday ma’lumot bermadi. Ikkala rasmiy ham Moskva hujumi «assimetrik» bo‘lishi, boshqacha qilib aytganda, Ukrainaning o‘tgan hafta oxirida rus urush samolyotlariga qarshi uyushtirgan hujumlarini aynan ask ettirmasligini ifoda etdi.
Rossiya juma kuni Ukraina poytaxti Kiyevga qarshi raketa va insonsiz havo transportlari orqali kuchli havo hujumi uyushtirdi. Rossiya Mudofaa vazirligi harbiy va harbiy nishonlar bilan aloqali nuqtalarni ko‘zlagan bu hujumda Ukraina tomonidan Rossiyaga qarshi amalga oshirilgan teraktlarga javob ekanini qayd etdi.
Biroq, AQSh rasmiylari Rossiyaning hali hanuz to‘liq javob bermaganini iddao etmoqda. G‘arbiy diplomatik manba Rossiyaning javobi boshlangan bo‘lishi mumkinligi ammo u Ukraina hukumati binolari kabi ramziy nishonlarga qarshi zarbalar bilan kuchayishi mumkinligini ifoda etdi.
Yana bir yuqori martabali g‘arblik diplomat Moskvadan yanada vayronkor hujumni kutayotganini taxmin qilgan holda: «Bu hujum yirik, shafqatsiz va tinimsiz bo‘ladi ammo ukrainaliklar jasur xalqdir», - dedi.
Vashingtondagi Rossiya va Ukraina elchilari bilan Oq uy, mavzu haqidagi bayonot talablariga javob bermadi.
«Ovrgimchak to‘ri» amaliyoti
Karnegi Xalqaro tinchlik jamg‘armasi nomidan rus eksperti Maykl Kofman, Moskvaning o‘tgan hafta oxirida uyushtirilgan hujumdagi roli tufayli Ukraina Ichki xavfsizlik xizmati (SBU)ni jazolashga urinishi mumkinligini taxmin qildi. U Rossiya bu xabarni yetkazish uchun o‘rta masofali ballistik raketalardan foydalanish ehtimoliga e’tibor qaratdi.
«Ehtimol, ular (SBU) shtab - kvartirasi yoki boshqa mintaqaviy razvedka boshqaruv binolariga qarshi qasos olishga harakat qilishadi» - degan Kofman, Rossiyaning shuningdek Ukraina mudofaa ishlab chiqarish markazlarini ham nishonga olishi mumkinligini o‘z so‘ziga ilova etdi.
Kiyev yakshanba kuni yo‘lga qo‘yilgan hujum, Rossiya hududining ichkarisidan 117 ta insonsiz havo transporti orqali «O‘rgimchak to‘ri» degan nom ostida amalga oshirilganini bildirdi.
Amerika Qo‘shma Shtatlari, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy taxminining qariyb yarmini tashkil etgan 20 qiruvchi samolyotga zarba berilgani va ulardan 10 tasi yo‘q qilinganini iddao etmoqda.
Rossiya hukumati payshanba kuni hech qanday samolyot yo‘q qilinmagani ammo ziyon ko‘rgani, ularning ham qayta tiklanishini bildirdi. Rus harbiy blogerlar, yadro quroli ham tashiy olgan samolyotlar doxil o‘nlab samolyot qo‘ldan boy berilgani yoki jiddiy ziyon ko‘rgani haqida ma’lumot tarqatdi.
Insonsiz havo transportlari 18 oy davomida yuk tashuvchi mashinalardan foydalangan holda bazalar yaqiniga yashirincha tashib o‘tilishi yordamida tayyorlangan bu hujumlar, Ukraina urushi davomida yadro kuchini dunyoga tez - tez eslatib turgan Rossiyaga kuchli zarba bergan bo‘ldi.
AQSh Prezidenti Donald Tramp ijtimoiy tarmoqlar orqali, chorshanba kuni Putin bilan telefon orqali bo‘lib o‘tgan suhbatida, Moskva hujumga javob berishga majbur bo‘lib qolishi haqida gapirganini bildirdi.
Tramp keyinchalik jurnalistlarga Putin bilan bo‘lgan suhbati haqida gapirar ekan: «Yaxshi narsa bo‘lmaydigandek. Bu yo‘qmadi. Putinga unday qilma, qilmasliging kerak. Buni to‘xtatishing shart dedim ammo o‘rtada katta nafrat bor», - dedi.