Eron Isroilning Suriyadagi oxirgi hujumlarini qoralab, bu hujumlar xalqaro tinchlik va xavfsizlikka xavf tug‘dirayotganini bildirdi.
Eron Tashqi Ishlar vazirligi Matbuot xizmati kotibi Ismoil Bakoyiy Islom Hamkorlik Tashkiloti (IHT) bilan Birlashgan Millatlar Tashkilotini (BMT) avj olgan Isroil hujumlariga qarshi tezroq chora ko‘rishga chaqirdi.
Bakoyiy, «Hamma ko‘rib turganidek sionist rejim mintaqadagi tinchlik va barqarorlikning eng yirik tahdididir», - dedi. Shuningdek, Isroilni Suriya davlat infratuzilmasini nishonga olishda va ishg‘olni chuqurlashtirishda aybladi.
Shuningdek Bakoyiy: «Bu rejim Amerika Qo‘shma Shtatlaridan tashqari Germaniya, Buyuk Britaniya va Fransiya kabi boshqa G‘arb davlatlarining harbiy va siyosiy yordamidan foydalangan holda xalqaro tinchlik va xavfsizlikka xavf tug‘idrmoqda. Eng yomoni, xalqaro hamjamiyat Isroilnnig G‘azodagi urushini to‘xtata olmadi. Bu holat, Tel – Avivning yana – da keng ko‘lamli harbiy amaliyot uyushtira olishiga imkon berdi », - degan ifodalarga o‘rin berdi.
Bakoyiy so‘zlari yakunida, Islom Hamkorlik Tashkiloti bilan Birlashgan Millatlar Tashkilotini Isrolni mintaqadagi provokatsion harakatlari va ekspansionist siyosatini to‘xtatish uchun zudlik bilan samarali choralar ko‘rishga chaqirdi.
Eron Tashqi Ishlar vaziri Abbos Aroqchi ham Bakoyiy ogohlantirgan masalalarga e’tibor qaratib, «Afsuski oldindan ham bu holatning olidini olish imkoni bor edi. Xo‘sh, keyingi poytaxt qaysi bo‘ladi?» - deb savol berdi.
U: «Haddidan oshgan Isroil rejimi hech qanday cheklovni tan olmaydi va faqatgina bitta tilni tushunadi. Mintaqa va butun dunyo bu nazoratsiz tajovuzkorlikka barham berish uchun birlashishi shahrt», - dedi.
Aroqchi so‘zlari yakunida: «Eron Suriya mustaqilligi va hududiy yaxlitligini qo‘llab - quvvatlaydi va har doim Suriya xalqining yonida bo‘ladi», - degan ifodalarga o‘rin berdi.