Turkiya Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT)ning asosiy hujjati hisoblangan Xelsinki yakuniy aktining imzolanishining 50 - yilligini nishonladi.
Vazirlik mavzu haqida bugun bergan bayonotida: «Sovuq urush davrida qarama - qarshi bloklar o‘rtasidagi ziddiyat va keskinlikni kamaytirish maqsadida boshlatilgan Yevropa Xavfsizlik va hamkorlik konferensiyasi jarayonida 1975 - yili imzolangan Xelsinki yakuniy akti, haligacha o‘z kuchini yo‘qotmagan asosiy tamoyillari bilan Yevro - Atlantika va Yevrosiyo geografiyalarini o‘z ichiga olgan keng hududda muloqot va hamkorlikka asoslangan xavfsizlik arxitekturasining poydevorini qo‘ydi», - degan ifodalarga o‘rin berdi.
Turkiya Xelsinki yakuniy aktining dastlabki imzolovchilaridan biri sifatida ushbu jarayonni boshidan beri qo‘llab - quvvatlagani ifoda etildi.
Bayonotda: «Turkiya bu jarayonda faqatgina mintaqaviy tinchlik va barqarorlikka sodiq ekanini tasdiqlash bilangina cheklanib qolmay, ayni vaqtda, xalqaro huquq tamoyillariga asoslangan Yevropa xavfsizlik arxitekturasining rivojlanishiga faol hissa qo‘shdi», - deyildi.
Turkiya 1994 - yili YXHTni tashkil etgan konferensiya jarayonidan beri o‘z vazifalarini bajarib kelayotgani ta’kidlangan bayonotda: «Turkiya siyosiy - harbiy, iqtisodiy - ekologik va insoniy jihatlarni o‘z ichiga olgan keng ko‘lamli xavfsizlik yondashuviga asoslangan eng yirik mintaqaviy xavfsizlik forumi bo‘lgan YXHTga faol hissa qo‘shishni davom ettiradi», - degan ifodalarga o‘rin berildi.
Bayonot yakunida: «Yurtimiz bundan buyon ham ko‘p tomonlama hamkorlikni qo‘llab - quvvatlash uchun faol diplomatiya, muloqot va hamkorlikni qarorli ravishda davom ettiradi. Bugungi kundagi barcha qiyinchiliklarga qaramay YXHT hududida barqarorlik va tinchlikka hissa qo‘shishni davom etadi», - deyildi.