Rossiya Ukrainaning oxirgi hujumlariga qarshi armiyasi munosib ko‘rgan joy va vaqtda javob berishini bildirdi. Kreml Kiyevni davlat terrorizmida ayblar ekan Davlat rahbari Vladimir Putinning Moskva bunga ortiqchiligi bilan javob berishini Donald Trampga yetkazganini tasdiqladi.
Ukraina dam olish kuni Sibir va shimoliy hududlardagi bir qancha rus havo bazalariga qarshi insonsiz havo transportlari orqali hujum uyushtirib, bombardimonchi samolyotlarni nishonga oldi. Rossiya bunga javoban Ukrainani janubdagi temir yo‘l ko‘priklarini portlatib, yetti kishining o‘limiga sabab bo‘lgan hujumlarda aybladi.
Kreml Matbuot xizmati kotibi Dmitriy Peskov payshanba kuni jurnalistlarga bergan bayonotida, Putinning bir kun oldin temir yo‘l hujumlari haqidagi izohlariga e’tibor qaratdi.
Peskov: «Prezident (Putin) Kiyev rejimini terrorchi rejim deb baholadi chunki rejim rahbariyati ataylab yoʻlovchi poyezdini portlatish buyrugʻini bergan. Bu davlat darajasidagi terrorizmdan boshqa narsa emasdir. Bu prezidentning muhim bayonoti», - deya gapirdi.
Rossiya haligacha Ukraina yetakchilarining temir yo‘l hujumlari ustidan buyruq bergani haqidagi iddaosiga hech qanday dalil keltirmadi. Shunday ekan Kiyev ham javobgarchilikni o‘z zimmasiga olmadi.
Ukrainaning Rossiya ichidagi hujumlari va Rossiyaning havo hujumlari bilan jabhadagi siljishi 2022 - yilning fevral oyida boshlangan urushni kuchaytirdi va o‘tgan oy Turkiyada takror boshlangan tinchlik muzokaralari borasidagi umidlarni puchka chiqardi.
Biroq, Peskov chorshanba kuni Tashqi Ishlar vaziri Sergey Lavrovning Ukraina bilan ishchi darajadagi aloqalar davom etishi kerakligi haqidagi fikri Putin tomonidan qo‘llab – quvvatlanganini ifoda etdi.
Peskovning aytishicha, Putin bilan Tramp chorshanba kungi uchrashuvda yuzma - yuz uchrashuv o‘tkazishni muhokama qilmagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday uchrashuv zarurligi haqida umumiy tushuncha bor lekin unga to‘g‘ri tayyorgarlik ko‘rish kerak.
Peskov, shuningdek, uchrashuvda Rossiyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilish imkoniyati muhokama qilinmaganini o‘z so‘ziga ilova etdi.
AQSh - Eron
Kreml bayonotiga ko‘ra Prezident Vladimir Putin ham AQSh Prezidenti Donald Trampga Eronning yadro dasturi bo‘yicha olib borilgan muzokaralarda yordam berish uchun Rossiyaning Tehron bilan bo‘lgan yaqin hamkorligidan foydalanishga tayyor ekanini ham qayd etdi.
Tramp chorshanba kuni Putin bilan telefon orqali bo‘lib o‘tgan suhbati ortidan Eronning yadro dasturi bo‘yicha qaror qabul qilish uchun oz vaqt qolganini ifoda etdi. Unda shuningdek, Eron yadro quroliga ega bo‘lmasligi kerakligi borasida Putin ham sahxsi bilan hamfikr ekanini taxmin qilganini o‘z so‘ziga ilova etdi.
Trampning soʻzlariga koʻra, Putin Eron bilan muzokaralarda ishtirok etishni taklif qilgan va mazkur masalani tezroq yakuniga yetkazishda yordam bera olishini ifoda etgan. Biroq Eron sekin harakat qilayotganini qoʻshimcha qilgan.
Kreml Matbuot xizmati kotibi Dmitriy Peskov payshanba kuni jurnalistlarga bergan bayonotida, «Tehron bilan yaqin hamkorlik aloqalariga egamiz va tabiiy olaroq Prezident Putin Eronning yadroviy muammosini hal qilish boʻyicha davom etayotgan muzokaralarga yordam berish va unga hissa qoʻshish niyatida sheriklik kuchidan foydalanishga tayyor ekanimizni bildirdi» - dedi.
Putinning muzokaralarga qachon qoʻshilishi mumkinligi haqidagi savolga Peskov, Tehron bilan Vashington o‘rtasidagi muloqot turli kanallar orqali davom etayotgani va kerak boʻlsa prezident bu jarayonga qoʻshila olishini ta’kidladi.