DUNYO
2 daqiqa o'qish
Rossiyaning Kamchatka yarimorolida kuchli zilzila sodir bo'ldi
Rossiyadagi yer silkinishi ortidan Yaponiya, Ekvador, Filippin va AQShning Gavayi shtati kabi ayrim hududlar tsunami haqida ogohlantirildi.
Rossiyaning Kamchatka yarimorolida kuchli zilzila sodir bo'ldi
30 июл 2025

Amerika Qo‘shma Shtatlari Geologiya xizmati (USGS) Rossiyaning Kamchatka yarim oroli qirg‘oqlarida 8,8 magnitudali yer silkinishi sodir bo‘lganini ma’lum qildi.

Chorshanba kuni e’lon qilingan bayonotga kora yer silkinishi epitsentri 20,7 kilometr chuqurlikda va Petropavlovsk - Kamchatskiykadan 119 kilometr sharqda, janubi - sharqiy hududda joylashgan. Yer silkinishi sayoz va kuchli bolib, tolqinlar yoki tsunamini keltirib chiqarish ehtimoli borligi qayd etildi.

Kamchatka gubernatori Vladimir Solodov Telegram orqali bergan bayonotida yer silkinishi «jiddiy va so‘nggi o‘nlab yillar ichida kuzatilgan bergan eng kuchli silkinish» ekanini ta’kidladi.

Mintaqa Sog‘liqni saqlash vaziri Oleg Melnikov Rossiya davlat axborot agentligi «Tass»ga bergan bayonotida, Kamchatkada bir necha kishi yer silkinishi yuzasidan tan jarohati olganini ifoda etar ekan «Barcha bemorlarning ahvoli qoniqarli. Ayni paytda jiddiy jarohatlar qayd etilmagan». – dedi.

Tsunami haqidagi ogohlantirishdan so‘ng Saxalin viloyatidagi Severo - Kurilsk kichik shaharchasi aholisini evakuatsiya qilishga qaror qilindi.

Va boshqa hudulardagi oqibatlar

AQShning tsunami haqida ogohlantirish tizimi Rossiya, Yaponiya, Alyaska va Gavayi orollarining ayrim qirg‘oqlarida tsunami to‘lqinlari yuzaga kelish ehtimoli ustidan ogohlantirdi.

Gavayidagi Gonolulu Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi AQShning Gavayi shtatidagi ayrim qirg‘oqbo‘yi hududlarini evakuatsiya qilishga chaqirdi. Bu borada: «Harakat qiling! Vayron qiluvchi tsunami to‘lqinlari kutilmoqda», - deyildi.

Milliy ob - havo xizmati «X» platformasi orqali bergan bayonotida San - Fransisko ko‘rfazi va Kaliforniya qirg‘oqlarida tsunami haqida ogohlantirish kuchga kirganini e’lon qildi. Unda: «Suvdan uzoqroq turing! Plyajlar va suv yo‘llaridan uzoqroq turing! Mahalliy hukumatlar qaytish xavfsiz deb aytgunga qadar qirg‘oqdan uzoqroq turing!» - dedi.

AQShning tsunami haqida ogohlantirish markazi ham Ekvadorni tsunami haqida ogohlantirib, yer silkinishidan keyin to‘lqinlar 3 metr (10 fut) gacha yetishi mumkinligini ta’kidlkadi.

Filippin seysmologiya agentligi, tsunami to‘lqinlari kutilayotganiga e’tibor qaratgan holda insonlarni Tinch okeaniga qaragan qirg‘oq hududlaridagi plyajlardan uzoqroq turishga chaqirdi.

 

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us