MADANIYAT
2 daqiqa o'qish
Turkiyaning Gaziantep shahri bu yil Yevropa mukofotini qo‘lga kiritdi
Yevropa Kengashi Parlamentlar Assambleyasi tomonidan 1955 – yili asos solingan «Yevropa mukofoti», Yevropa sohasidagi faoliyati uchun Yevropa shahriga berilgan eng nufuzli mukofot hisoblanadi.
Turkiyaning Gaziantep shahri bu yil Yevropa mukofotini qo‘lga kiritdi
9 апрел 2025

Bu yilgi Yevropa mukofoti, Yevropa Kengashi Parlament Assambleyasi (PACE) e’lon qilganidek, Turkiyaning janubi - sharqiy shahri Gaziantepga berildi.

Bu mukofot har yili Yevropa g‘oyasini targ‘ib qilishda eng faol bo‘lgan shaharga taqdim etiladi.

Yevropa Kengashi Parlament Assambleyasi (PACE) seshanba kuni bergan bayonotida, Gaziantepning Germaniyaning Duisburg, Sloveniyaning Celje, Chexiya Respublikasining Ostrava va Portugaliyaning Braga shahri ham doxil roppa – rosa 25 ta qardosh shahri borligini ta’kidladi.

Unda shuningdek: «Gaziantep, ayniqsa to‘qimachilik va ishlab chiqarish tarmog‘ida alohida o‘ringa ega bo‘lgan muhim iqtisodiy markaz va iqlim o‘zgarishiga qarshi harakat rejasini yo‘lga qo‘ygan Turkiyadagi ilk shahardir» - degan ifodalarga o‘rin berildi.

Agentlik bunga qo‘shimcha ravishda Gaziantepning barqarorlik, shahar rivojlanishi, aqlli shahar ilovalarini joriy etish, atrof - muhitni muhofaza qilish va aholisi farovonligiga e’tibor qaratayotganini ta’kidladi.

Shaharning avvalroq Boshqaruvda Yevropa Mukammallik yorlig‘i bilan taqdirlangani ta’kidlangan bayonotda Gaziantepning Eurocities, Energy Cities, UNESCO Ijodiy shaharlar tarmog‘i va Turkiya Shahar hokimliklari ittifoqi kabi 28 ta xalqaro tarmoq a’zosi ekani ifoda etildi.

Yevropa Kengashi Parlament Assambleyasi (PACE) tomonidan 1955 – yili asos solingan Yevropa mukofoti, Yevropa sohasidagi faoliyatlari uchun Yevropa shahriga beriluvchi eng nufuzli mukofatdir.

Mukofot asosida g‘olib shahar yoshlariga Yevropadagi muassasalarga xizmat safari uyushtirishlari uchun moddiy imkon beriladi. Bunga qo‘shimcha ravishda shahar bir kubok, medal va diplom bilan siylanadi.  

 

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us