Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban bilan telefon orqali muloqot qildi. Mavzu haqida Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi tomonidan ma’lumot berildi.
Ushbu ma’lumotga ko‘ra muloqotda ikki tomonlama munosabatlar bilan bir qatorda mintaqadagi va dunyodagi oxirgi vaziyatlar qo‘lga olingan.
Erdo‘g‘an muloqot chog‘ida Turkiya - Vengriya o‘rtasida olib borilgan har sohadagi hamkorlikni yana – da mustahkamlashda qarorli ekanliklarini ta’kidlagan.
Unda, shuningdek, Oliy darajali strategik hamkorlik kengashi va Qo‘shma maslahat mexanizmining yaqinlashib kelayotgan yig‘ilishlari ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirishi ta’kidlangan.
Turk lider, suhbat davomida Bosh vazir Orbanni tug‘ilgan kuni bilan tabriklagan.
Eslatib o‘tamiz:
Turkiya bilan Vengriya, 2013 - yili Oliy darajali strategik hamkorlik kengashining tuzilishi bilan munosabatlarini strategik sheriklik darajasiga ko‘tardi.
Oxirgi yillarda Turkiya bilan Vengriya o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda mustahkam tus olgan hamkorlik yordamida yana – da kengayib bormoqda.