G‘azodagi mahalliy sog‘liqni saqlash rasmiylari, Isroil blokadasi va harbiy hujumlari yuzasidan mintaqada terang tus olgan insoniy inqirozning qoq markazida 2 yoshli yosh bola to‘yib ovqatlanmaslikdan vafot etganini ma’lum qildi.
Xon Yunusdagi Nosir kasalxonasi shifokorlari, ismi Ahmad Samir Abdul Aal bo‘lgan bolaning jon berganini ma’lum qildi. Eng yomoni uning o‘lim vaqtida 8 kilogram ekaniga e’tibor qaratdi.
Ahmad va uning oilasi Isroilning davom etgan cheklovlari yuzasidan; boshqacha qilib aytganda oziq – ovqat, sut va asosiy ehtiyojlarga erishish imkoni yo‘qligi tufayli Xon Yunus g‘arbidagi al - Mavasiy hududidagi vaqtinchalik chodirda jon saqlash uchun Rafohdan qochgandi.
Bu o‘lim, Isroil tomonidan yo‘lga qo‘yilgan va 5 oydan beri chegaradagi darvozalarning bekitilishi bilan asosiy oziq - ovqat, dori - darmon va chaqaloq oziqlari olib kirilishiga to‘sqinlik qilgan qamal tufayli yuzaga kelgan dahshatli ocharchilikka e’tibor qaratdi.
G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra Isroil 2023 - yilning 7 - oktabrida boshlatgan qatliom urushidan beri falastinlik 160 kishi faqatgina ochlikdan jon berdi. Ulardan 91 nafari yosh bola.
G‘azodagi oxirgi vaziyat
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jahon oziq - ovqat dasturi (WFP), vaziyatni «eng yomon senariydagi ochlik inqirozi» e’kaniga e’tibor qaratib, G‘azodagi har uch kishidan birining bir necha kunlardan beri oziq – ovqat yemaganini bildirdi.
Isroilning G‘azoga qarshi uyushtirgan qatliom tusdagi hujumlari oqibatidagi qurbonlari son 60 ming 200 nafardan oshar ekan, davom etayotgan bombardimonlar mintaqada vayronagarchilik va jiddiy oziq - ovqat tanqisligiga yo‘l ochmoqda.
Isroilning Inson haqlari tashkilotlaridan B’Tselem va Physicians for Human Rights - Israel (Inson haqlari uchun shifokorlar – Isroil), dushanba kuni falastinliklarni muntazam ravishda yo‘q qilish va G‘azoda sog‘liqni saqlash tizimining ataylab cho‘ktirilishi yoki qulatilishi tufayli Isroilni genotsidda aybladi.
O‘tgan yilning noyabr oyida Xalqaro Jinoyat sudi Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va sobiq Mudofaa vaziri Yoav Gallant haqida G‘azodagi urush va insoniyatga qarshi qo‘l urilgan jinoyatlar tufayli hibsga olish bo‘yicha buyruq chiqardi.
Isroil shuningdek, aholi punktlaridagi tinch aholiga nisbatan qo‘l urilgan urush jinoyatlari yuzasidan Xalqaro Adliya sudida genotsidga qo‘l urganlikda ayblanmoqda.