Diniy va ijtimoiy mavzularni o‘z ichiga olgan huzur – halovat darslari yoki saboqlari 1924 – yili xalifalik butunlay yo‘q qiligunga qadar o‘smonli podshohlari huzurida o‘tkazildi.
O‘smon imperiyasi hokimiyatining 600 yildan ortiq umr surishining eng asosiy sabablaridan biri, islom dinining, imperiya boshqaruvidagi roli bilan chambarchas bog‘liqdir. Turklar tomonidan boshqarilgan mazkur imperiya xalifalikni o‘z zimmasiga 1517 - yili abbosiylar sulolasidan olar ekan, imperiya chegarasi ham jadal ravishda kengayadi. Ana shu paytlarda imperiya yetakchilari ijtimoiy va diniy masalalarga ham alohida e’tibor berardi.
Shu bois 1759 - yilga kelib «Huzur - i humoyun darslari» tushunchasi rasmiy shakl oldi. Ramazon oyida o‘smonli podshohi huzurida o‘tkaziladigan bu darslarda musulmon olimlar turli Qur’on oyatlarini sharhlar, ko‘pchiligi talabalardan iborat bo‘lgan tinglovchilardan kelgan savollarga javob berardi.
Huzur – halovat darslari odatda o‘smon imperiyasining eng yuqori mavqeyi bo‘lgan Istanbuldagi To‘pkapi saroyida o‘tkazilardi. Bu an’ana, 1924 - yili xalifalik bekor qilinishi bilan tarix sahifalariga ko‘milgunga qadar roppa – rosa 165 yil uzluksiz davom etdi.
Nozik diniy masalalarda darslar o‘tish fikri tarixi, o‘smon davlatining qurilish jarayoniga borib taqaladi. Podshohlar, ilmiy va diniy hayotni jonlantirish hamda davlatning islomiy qadriyatlarga bog‘liq qolishini ta’minlash uchun olimlar va diniy rahbarlar bilan uchrashuvlar o‘tkazardi.
Shu sababli o‘smonli podshohlari, o‘z davrlarining taniqli diniy olimlarini talabalar bilan birga saroylariga taklif etishga ahamiyat berdilar. Hatto ba’zilarini maxsus ustozlari sifatida ham qabul qildilar.
Imperiyani 1451 - 1481 yillar orasida aniq harbiy g‘alabalar bilan boshqargan Fatih Sultan Mehmed (Mehmed II), bu an’anani yangi saviyaga ko‘tarar ekan, ayni vaqtda, bunday bahslarda ishtirok etishni kafolatladi. Eng muhimi, o‘smonli jamiyatida diniy va ilmiy fikrlashni rag‘batlantirishga ulkan hissa qo‘shdi.
Xo‘sh, huzur – halovat darslari qanday o‘tkazilardi?
Birinchi dars peshin va asr namozlari orasida kamida olti nafar olimning ishtirokida bo‘lib o‘tardi. Bu darslarning «Huzur - i humoyun darslari» deb nomlanishining sababi esa, uning, podshoh huzurida o‘tkazilishi bilan bog‘liq edi.
Tarix davomida bunday uzoq va muntazam ravishda davom etgan diniy va madaniy dasturlar juda kam uchraydi.
Unda dars beruvchi olimlardan biri «muqarrir» (bir mavzuni tushuntirib beruvchi shaxs degan ma’noda); ikkinchisi esa «muhatob» (darslarning mazmunini muhokama qiluvchi va savollar beruvchi olim) deb nomlanardi. Har bir muqarrir uchun besh nafar muhatob bo‘lardi. Ammo dars beruvchilar soni, darslarning kunlari, soatlari va muddati vaqti – vaqti bilan o‘zgarib turardi.
Barcha tadbirlar fatvo berish vakolatiga ega bo‘lgan eng yuqori lavozimdagi shayxulislom tomonidan boshqarilardi. Yillik tadbirlarda sharhlanishi rejalashtirilgan oyatlar bilan suralar Ramazon oyidan 15 kun oldin shayxulislom tomonidan e’lon qilinardi. Keyinchalik esa, e’lon qilingan oyatlar bilan suralar bo‘yicha savollar tayyorlanardi.
Darslar to‘liq ilmiy erkinlik asosida amalga oshirilardi. Bir oyat muqarrir tomonidan o‘qilib, sharhlanishi ortidan muhatoblar bergan savollarga javob berilardi. Podshoh, darslardan tortishuvlargacha hammasini tinglar edi. Ko‘pchilik olimlar, o‘z taqdimotlarini 13 – asrda yashab o‘tgan fors huquqshunosi, ilohiyotchi va Qur’on sharhlovchisi Qadiy Baydaviy asarlari asosida tayyorla edi.
Bu tadbirni shunchalik muhim qiladigan narsa, olimlarning Qur’on oyatlarini hadislar (Muhammad payg‘ambarning so‘zlari), fiqh va tarix hamda geografik kontekst asosida sharhlashlari edi. Bu o‘smonli sulolasida ham ratsional ham da ma’naviy tafakkurni rivojlantirgan to‘g‘ri va intellektual jihatdan puxta faoliyat sifatida ajralib turardi.
Huzur va halovat darslarida ishtirok etgan olimlarning podshoh tomonidan sovg‘a - salomlar bilan taqdirlanishi esa keng tarqalgan boshqa an’analardan biri edi.
Yig‘ilishlar o‘tkaziluvchi joylar podshoh tomonidan belgilanardi. U yerda muqarrirlar, podshohning o‘ng tomonida; muhatoblar esa muqarrirning yonida yarim doira shaklida o‘tirar edilar.
Podshohning huzurida o‘tkaziluvchi darslarni tinglagan erkak va ayollarning ismlari podshoh tomonidan tasdiqlanardi.
Abdulhamid II davrida darslar Ramazon oyida bir haftada ikki kun Yildiz saroyida uyushtirilar edi. Unga ba’zi siyosatchilar ham taklif qilinardi.
Sulton Vaxdeddin bilan xalifa Abdulmajid Afandi davrida darslar Do‘lmabahche saroyida davom etdi. So‘nggi dars esa, 1923 - yilning may oyida o‘tkazildi.
Istanbul shahrida joylashgan Istanbul nomidagi universitet kutubxonasida, Yildiz saroyi kutubxonasidan olib kelingani taxmin qilingan qo‘lyozma va bezalgan yigirmadan ortiq «Huzur - i dars daftari» saqlanmoqda.
Bugungi kunda Marokash sultoni huzurida Ramazon oyida, uslub va mazmun jihatidan o‘smonli davridagi huzur – halovat darslariga o‘xshash darslar uyushtirilmoqda. Bu darslar «Aldurus Alhasaniya» nomi bilan arab va ingliz tillarida nashr etilmoqda. Eng muhimi, nomi tilga olingan darslarga Turkiya jumladan barcha islom mamlakatlaridan diniy olimlar taklif etilmoqda.