DUNYO
2 daqiqa o'qish
Vashingtonda Turkiya-AQSh ishchi guruhi Suriya masalasini muhokama qiladi
Vashingtonda Turkiya bilan AQShning Suriya siyosati, Suriyada xavfsizlik va barqarorlikni o‘rnatishni ko‘zlagan hamkorlik mavzularining qo‘lga olinishi kutilmoqda.
Vashingtonda Turkiya-AQSh ishchi guruhi Suriya masalasini muhokama qiladi
19 май 2025

Turk diplomatik manbalar Suriya mavzusidagi Turkiya - AQSh ishchi guruhi yigilishi seshanba kuni Vashingtonda otkazilishini ma’lum qildi.

Tashqi Ishlar vaziri orinbosari Nuh Yilmaz bilan AQSh Davlat kotibi orinbosari Kristofer Landau hamraisligida tashkilotlararo formatda otkaziladigan ushbu yigilishda ikki mamlakatning Suriya siyosatiga e’tibor qaratilishi, Suriyada xavfsizlik va barqarorlik o‘rnatishni ko‘zlagan hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilishi kutilmoqda.

DEASh va boshqa terror tashkilotlariga qarshi kurash olib borish masalasi kun tartibi ro‘yhatining eng yuqori qatorida o‘rin olishi kutilgan yigilishda, shuningdek, Anqaraning Suriya hukumatiga bergan yordami bilan terror tashkilotiga qarshi kurash masalasida Turkiya rahbarligida yo‘lga qo‘yilgan mintaqaviy sa’y - harakatlar ham muhokama qilinadi.

AQShning Suriyaga nisbatan yo‘lga qo‘ygan sanktsiyalari

Tomonlar Suriyaning shimoli - sharqidagi lagerlarda hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qiladi va AQSh tomonining Suriyadagi AQSh harbiy bolinmalarining davom etayotgan konsolidatsiyasi haqida ma’lumot berishi kutilmoqda.

Yigilish otgan hafta AQSh bilan Suriya ortasida rahbarlik darajasida bo‘lib o‘tgan togridan - togri aloqa va AQSh Prezidenti Tramp tomonidan Suriyaga nisbatan yo‘lga qo‘yilgan sanktsiyalarning bekor qilinishi haqidagi ma’lumot ortidan uyushtirilmoqda.

Shu munosabat bilan yigilishda AQShning Suriyaga nisbatan yo‘lga qo‘ygan sanktsiyalarining bekor qilinishi bilan aloqali jarayon va jadval ham muhokama qilinishi kutilmoqda.

Yigilish davomida Nuh Yilmaz, Suriyada xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash maqsadida mamlakatning hududiy yaxlitligi va birligini saqlagan holda Anqaraning Vashington bilan siyosiy, iqtisodiy va xavfsizlik masalalarida kop qirrali muvofiqlashtirishga bergan ahamiyatini ta’kidlashi kutilmoqda.

Shuningdek, Yilmazning, bu jarayon Suriyadagi barcha terror guruhlarining yo‘q qilinishi bilan o‘z nihoyasiga yetishi mumkinligi va Turkiya ham xuddi shu yakunni kutayotganiga e’tibor qaratishi rejalashtirilgan.

 

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us