Vashington va Pekin o‘rtasidagi savdo kelishuvi "yakunlandi", faqat ikki davlat prezidentlarining yakuniy tasdig‘iga bog‘liq, deb da’vo qildi AQSh Prezidenti Donald Tramp.
Chorshanba kuni Truth Social’da e’lon qilgan postida u AQSh "jami 55 foiz tariflarni oladi, Xitoy esa 10 foiz oladi", deb yozdi.
“To‘liq magnitlar va zarur bo‘lgan nodir yer elementlari Xitoy tomonidan oldindan yetkazib beriladi,” dedi u va qo‘shimcha qildi: “Xuddi shunday, biz ham Xitoyga kelishilgan narsalarni taqdim etamiz, jumladan, Xitoylik talabalar bizning kollej va universitetlarimizdan foydalanishi (bu men uchun har doim yaxshi bo‘lgan!).”
“Munosaabatlar a’lo darajada!” dedi u.
Keyinchalik, Tramp Xitoy Prezidenti Si Szinpin bilan "Amerika savdosini Xitoyga ochish uchun yaqindan hamkorlik qilishini" aytdi. “Bu ikkala davlat uchun ham katta G‘ALABA bo‘ladi!!!” deb qo‘shimcha qildi u.
AQSh va Xitoy rasmiylari bu hafta Londonda tarif masalasini muhokama qilish uchun uchrashishdi. Nodir yer elementlarini eksport qilish masalasi Londondagi muzokaralarda asosiy muammo bo‘ldi.
Bundan oldin, aprel oyida, AQSh Xitoyga katta tariflarni joriy qila boshlagan edi, biroq may oyida AQSh va Xitoy dastlabki 90 kunlik muddat uchun jazolovchi tariflarni kengaytirishni to‘xtatishga kelishib olishdi.