Hamasning yuqori lavozimli rasmiylaridan biri Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni havo hujumi orqali isroillik mahbuslarni topib yo‘q qilishga muvaffaq bo‘la olmagani bois ochlik orqali o‘ldirishga uringanlikda aybladi.
Hamas Siyosiy byurosi a’zosi Izzad al - Rishq mavzu haqida kecha bergan bayonotida, Netanyaxu va natsist hukumati tomonidan G‘azo xalqiga qarshi qo‘llanilgan ochlik va suvsizlik siyosati endilikda isroillik mahbuslarga ham ta’sir qilayotganini ifoda etdi. U ularning holati uchun to‘liq javobgarchilikni Isroil hukumatiga yukladi.
Al - Rishqning so‘zlariga ko‘ra, Falastin qarshilik harakati isroillik mahbuslarga diniy va insonparvarlik tamoyillari asosida munosabatda bo‘lgan va ular bilan o‘z oziq - ovqati va suvlarini G‘azo xalqi bilan bo‘lishgandek bo‘lishgan.
Avvalgi mahbuslar almashinuvida isroillik mahbuslar jismoniy va ruhiy jihatdan yaxshi holatda ozod etilganini yodga solgan al - Rishq hozir ular ochlik yuzasidan zaiflab, vazn yo‘qotgani va bundan aziyat chekayotganini iddao etdi. Bu esa qamal ostidagi G‘azo aholisi boshdan kechirayotgan holat bilan bir xil ekanini ta’kidladi.
Netanyaxuning G‘azo xalqiga nisbatan yo‘lga qo‘ygan bosim, mahbuslarni ham qamrab olgani va ularni shafqatsiz ochlik orqali jazolashga urinayotganini ta’kidladi.
Al - Rishqning ifoda etishicha, G‘azodagi ochlik siyosati Netanyaxuning mahbuslar masalasini hal qilish strategiyasining bir qismi hisoblanadi.
U o‘z so‘zida: «Netanyaxu havo hujumi orqali isroillik mahbuslarni topib yo‘q qilishga muvaffaq bo'la olmagani bois muammoni ochlik orqali hal qilishga harakat qilmoqda», - dedi.
Tel - Aviv G‘azoda 50 nafar isroillik mahbus borligi va ulardan 20 nafari tirik deb hisoblanishini taxmin qilmoqda. Falastinlik va isroillik inson huquqlari guruhlariga ko‘ra hozirda Isroil qo‘lida 10 ming 800 nafardan ortiq falastinlik mahbus bor. Eng yomoni ularning ko‘pchiligi ishkanja, ochlik va tibbiy e’tiborsizlik ichida.
Ocharchilik va genotsid
G‘azodagi Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi ayni kuni bergan bayonotida, qamal ostidagi mintaqada oxirgi 24 soat ichida ochlikdan kamida yana 6 kishi jon berganini ma’lum qildi.
Oxirgi o‘limlar bilan birgalikda 2023 – yilning oktabr oyidan beri ochlikdan jon bergan falastinliklar soni 174 nafarga yetar ekan, ulardan 93 nafari yosh bola ekani aniqlandi.
Isroil qamal ostidagi G‘azoda 60 ming nafardan ortiq falastinlik umriga zomin bo‘ldi. Ularning ko‘pchiligi ayollar va bolalardan iborat.
Falastin rasmiy axborot agentligi WAFA xabariga ko‘ra, taxminan 11 ming nafarga yaqin falastinlik vayron bo‘lgan uylar ostida qolib ketgan.
Ammo mutaxassislar qurbonlar soni gʻazolik rasmiylar bergan statistikaga qaraganda ancha ko‘proq, hatto 200 ming nafar bo‘lishi mumkinligini ifoda etmoqda.
Qatliom davomida Isroil qamal ostidagi hududning yirik qismini vayron qildi va deyarli butun aholi o‘z uy – joyidan mahrum bo‘ldi.
Bundan tashqari, hayotiy ahamiyatga ega bo‘lgan insonparvarlik yordami yo‘li to‘sib qo‘yildi va faqatgina BMT yordamiga monelik qilish niyatida tashkil etilgan va «o‘lim tuzog‘i» deb ta’riflangan AQShning mubohasali guruhiga ruxsat berildi.