Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an, 19 - asr tarixining eng qora sahifalaridan biri sifatida qabul qilingan cherkeslarning Kafkasdan surgun qilinishining 161 – yilligida ijtimoiy tarmoq orqali post qoldirdi.
Erdo‘g‘an chorshanba kuni «X» platformasi orqali: «Cherkes birodarlarimizning Kafkasdagi vatanlaridan adolatsiz, qonunsiz va g‘ayriinsoniy tarzda surgun qilinishining 161 – yilligida, voqeada halok bo‘lganlarga Olloxdan rahmat tilaymiz. Ular chekkan azob – uqubatlarni chin qalbimizdan his qilganimizni ifoda etishni istayman», - dedi.
Kecha, 21 - may cherkes surgunining 161 – yilligi edi. Bu fojiali voqea rus - cherkes urushining tugashi ortidan qayd etildi.
Yuz minglab cherkes, rus imperiyasi buyruqlari asosida Shimoliy Kafkasdan majburiy ravishda chiqarib yuborildi va dunyoning turli joylariga surgun qilindi. Zo‘ravonlik va g‘ayriinsoniy sharoitlarda amalga oshirilgan va ommaviy o‘limlarga yo‘l ochgan bu surgun 19 - asrning eng yirik etnik tozalash harakatlaridan biri sifatida qabul qilinmoqda.
Cherkes surguni, 1864 - yili rus - cherkes urushi ortidan rus imperiyasi tomonidan cherkeslarning Shimoliy Kafkasdagi ota - bobo tuproqlaridan majburiy ravishda ko‘chirib yuborilishi haqidagi voqealarini o‘z ichiga oladi.
Bu davrda kamida 800 ming nafar, eng ko‘p 1,5 million nafar cherkes o‘z uy - joyidan ko‘chirildi va ularning ko‘pchiligi O‘smonli imperiyasi chegarasidan panoh topdi. Uzoq yurushlar, haddan tashqari gavjum kemalar, ochlik va kasalliklar yuz bergan bu surgunlar o‘n minglab insanning o‘limiga ham yo‘l ochdi.
Bugun etnik kelib chiqishi jihatidan cherkes bo‘lgan insonlarning ko‘pi Turkiya, Suriya, Iordaniya va Yaqin Sharqning boshqa hududlarida umr surmoqda. Bu fojiа har yili 21 – may kuni dunyodagi barcha cherkeslar tomonidan yodga olinmoqda.