DUNYO
2 daqiqa o'qish
Rossiya Ukraina sharqidagi 3 ta aholi punktini nazorat ostiga olganini iddao etdi
Moskva Ukrainaga oid 95 ta insonsiz havo transportini, Kiyev esa poytaxtga hujum qilgan o‘nlab insonsiz havo transportini yo‘q qilganini ma’lum qildi.
Rossiya Ukraina sharqidagi 3 ta aholi punktini nazorat ostiga olganini iddao etdi
Ukrainian servicemen fire a self-propelled howitzer towards Russian troops at a frontline near the town of Chasiv Yar / Reuters
6 соат олдин

Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina sharqidagi Donetsk viloyatida ikki, shimolidagi Sumi viloyatida esa bitta aholi punktini nazorat ostiga olganini iddao etdi.

Mavzu haqida shanba kuni berilgan bayonotda, harbiy kuchlar Donetsk viloyatida oxirgi vaqtlarda Rossiya bosimi ostida joylashgan Kostiantynivka shahrining sharqida joylashgan Stupochky qishlogi egallab olingani ma’lum qilindi.

Shuningdek, 1.000 km uzunlikdagi jabha chizigining garb qismida joylashgan Otradne qishlogi bilan Sumi viloyatidagi Rossiya chegaralari ichida joylashgan Loknya qishlogi nazorat ostiga olinganini bildirdi.

Ukraina Bosh shtabi esa bu yoqotishlarni tan olmadi va Otradneni, Ukraina birliklarining jabha chizigida Rossiya hujumini toxtatgan bir necha shaharlardan biri ekanini qayd etdi.  Shuningdek, Bosh shtab Stupochkyning shu hafta boshida Rossiya hujumi ostidagi hududning bir qismi sifatida aniqlanganini ifoda etdi.

Ukraina bir necha oydan beri Rossiya kuchlarining Sumi viloyatidagi hududlarni bosib olish haqidagi tashabbuslari haqida gapirmoqda ammo bu hududlardan birortasining ham egallab olinganini tan olmadi.

Rossiya Mudofaa vazirligi esa juma kuni shimoli - sharqdagi Kupiansk shahri tashqarisida joylashgan Radkivka qishlogining egallab olinganini bildirdi.

Dron hujumlari

Shu bilan birga Rossiya Mudofaa vazirligi qoshidagi havo mudofaasi birliklarining kopchiligi markaziy va janubiy hududlarda, ayniqsa Moskva atrofida 4 soat ichida Ukrainaning 95 ta droniga monelik qilib, yoq qilganini ma’lum qildi.

Moskva shahar hokimi Sergey Sobyanin Telegram orqali bergan bayonotida, poytaxtga qarab harakatlanayotgan oltita dronning yoq qilganiga e’tibor qaratdi.

Boshqa tomondan Kiyev ondan ortiq Rossiya droni hujumiga uchraganini bildirdi. Kiyev shahar harbiy boshqaruvi rahbari Timur Tkachenko, yakshanba kuni erta tongda poytaxt atrofidagi havo hududida ondan ortiq dushman droni aniqlangani qayd etdi.

Tkachenko Telegramda shuningdek: «Yangi dronlar ham yaqinlashmoqda. Kiyev va atrofidagi ba’zi dronlarga qarshi kurashildi ammo yangilari haligacha poytaxtga kirmoqda. Shunday ekan kechasi oson o‘tmaydi. Dushman koplab dron va raketalar uloqtirishi mumkin», - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Tkachenko nishonga olingan dronlardan biriga oid qoldiqlar besh qavatli turar - joy binosiga tushganini o‘z so‘ziga ilova etdi.

Kiyev shahar hokimi Vitaliy Klichko shahar hujum ostida ekanini lekin havo mudofaa tizimlari ishlab turganini ifoda etib, fuqarolarni boshpanalarda qolishga chaqirildi.

Tun boyi davom etayotgan hujumlar Rossiya - Ukraina urushi boshidan beri eng yirik mahbuslar almashinuvi davom etayotgan bir davrda amalga oshmoqda.

 

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us