Kanada Bosh vaziri Mark Karni AQSh bilan savdo muzokaralari qayta boshlanganini e'lon qildi, bu Kanada AQSh texnologiya kompaniyalariga soliq solish rejasidan voz kechganidan keyin amalga oshdi.
AQSh Prezidenti Donald Tramp juma kuni Kanada texnologiya kompaniyalariga soliq solish rejasini davom ettirish niyatida ekanini aytib, bu masalani “bizning mamlakatimizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiq hujum” deb atadi va savdo muzokaralarini to‘xtatganini ma'lum qildi.
Kanada hukumati esa, “savdo kelishuvi kutilyotgani” sababli, “Kanada Raqamli xizmatlar solig‘ini bekor qiladi”, deb bayonot berdi.
Karni idorasi ma'lum qilishicha, Karni va Tramp muzokaralarni qayta boshlashga kelishib olishgan.
Tramp o‘tgan juma kuni o‘zining ijtimoiy tarmog‘ida yozgan postida, Kanada AQShga raqamli xizmatlar solig‘ini joriy etish rejasini davom ettirayotganini ma'lum qilganini aytdi. Ushbu soliq Kanadadagi va xorijiy kompaniyalarga, agar ular Kanadadagi onlayn foydalanuvchilar bilan ishlasa, tatbiq etilishi kerak edi.
Mazkur soliq dushanba kuni kuchga kirishi rejalashtirilgan edi.