TURKIYA
2 daqiqa o'qish
Turkiya Afrika ittifoqi bilan boʻlgan 20 yillik hamkorlikka e’tibor qaratdi
Turkiya Afrika kunini nishonlar ekan Afrika ittifoqi bilan boʻlgan 20 yillik hamkorlikni ifoda etib, strategik sheriklikka sodiqligini yana bir bor ta’kidladi.
Turkiya Afrika ittifoqi bilan boʻlgan 20 yillik hamkorlikka e’tibor qaratdi
6 соат олдин

Turkiya Afrika kuni munosabati bilan Afrika ittifoqi bilan boʻlgan mustahkam aloqalarini yana bir bor tasdiqlab, 20 yildan ortiq davom etgan hamkorlikka e’tibor qaratdi.

Tashqi Ishlar vazirligi yakshanba kuni «X» platformasi orqali bergan bayonotida, «Bu yil yurtimizning Afrika ittifoqi tarkibiga kuzatuvchi davlat sifatida qabul qilinishimizning 20 yilligi», - degan ifodalarga oʻrin berdi.

Vazirlik Turkiyaning Afrika ittifoqining strategik sheriklaridan biri ekanini ta’kidlab, «2026 - yili boʻlib oʻtadigan IV Turkiya - Afrika hamkorlik sammitiga tayyorgarlik koʻrishni davom etmoqdamiz», - dedi.

Vazirlik, «X» platformasi orqali bergan bayonotini #Afrika kuni bilan! Degan soʻzlar bilan yakunladi.

Ishonchli va samimiy hamkor

Keyinchalik yakshanba kuni vazirlik oʻz veb - saytida Afrika mamlakatlarini Afrika kuni munosabati bilan tabriklab, alohida bayonot berdi. Unda: «Afrika kuni Afrika xalqlarining tinchlik, barqarorlik va farovonlik ichida bir yoqadan bosh, bir yengdan qoʻl chiqarib qit’a orzu – maqsadlari va uning xalqaro tizimda munosib mavqeiga erishishdagi qat’iyatini ifodalaydi», - degan ifodalarga oʻrin berildi.

«Turkiya Afrika davlatlarining ushbu maqsadlarga erishish yoʻlidagi saʼy - harakatlari ishonchli va samimiy hamkor boʻlishni davom etadi», - deyildi.

Bayonotda shuningdek Turkiyaning Afrika mamlakatlari bilan teng sheriklik, oʻzaro ishonch va keng qamrovli hamkorligini Afrika davlatlari bilan yaqindan maslahatlashgan holda yanada chuqurlashtirishda qarorli ekanliklarini yana bir bor taʼkidlandi.

Vazirlik, bayonotida yakunida: «Turkiya bilan Afrika farovonlik, tinchlik va barqarorlik hukm suradigan mushtarak kelajak uchun hamkorlikni davom ettiradi», - dedi.

Afrika kuni Afrika ittifoqi tashkil etilishining 62 - yilligini nishonlamoqda.

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us